|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 491
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Ma’lumki jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turishda, o‘zini anglab yetishi hamda
xar bir xarakatini muvofiqlashtiruvchi bu albatta shaxs hisoblanadi. Faollik (lotincha ―active –
harakat, ―activity – faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-
harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Ijtimoiy faollik esa shaxsning har
sohada faolligini, xabardorligini hamda komillik darajasini ko‘rsatuvchi mezondir149.
Talaba-qizlarda ijtimoiy faollikni shakllantirishning bosh mezoni o‘z-o‘zini anglashi va
o‘zini boshqarishga o‘rgatishdir. Talaba-qizlarning rahbarlik lavozimiga o‘rgatishda avvalo
ularning o‘ziga ishonchini va qila olaman degan g‘oyani shakllantirish zarur bo‘ladi. Ijtimoiy
faollik tarbiyasi qizlar hayoti taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Talaba-qizlarning o‘z
istedodlarini ochib berishga tashabbuskorlik qobiliyatini ko‘rsatib berishiga imkoniyat yaratib
berishimiz lozim. Talaba-qizlarning istedodlarini aniqlab olish uchun avvalo biror qiziqarli o‘yin
o‘tkazib shundan kelib chiqib o‘z qiziqishi bo‘yicha kasbiy yo‘naltirish zarurdir.
Har bir inson o‘zi qiziqishlari yo‘nalishida muvofaqqiyatga tezroq erishadi. O‘zbekistonda
bugungi kunda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bilan birga ularning prahbarlik lavozimlarga
ko‘tarish va o‘z istedodlarini namoyon qilishga imkoniyat yaratib berilmoqda. Sababi ayol kishi
muammoni tinch va barchaga zarar yetmaydigan etib xal qilishga xarakat qiladi. Talaba-qizlarning
bunday sohalarga yo‘naltirishning yana bir sababi turli hil yo‘llarga kirib ketmaslikka hamda
deviant xulq-atvorga berilib ketishining oldini olish hamdir. Ayol bor ekan olm munavvar. Ushbu
talaba-qizlarning rahbarlikka o‘rgatish kelajakda xotin-qizlarning siyosiy faolligini ta’minlash
uchun amaldagi zahira vazifasini ham o‘taydi.
|
| |