|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 489
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
u kattalar orqali dunyoni taniydi. Demak, ta’lim tizimida ishlaydigan mutaxassislarning nima deb
o‘ylashlari va qanday harakat qilishlari muhim. Agar kimdir bir necha bor "Sen qiz bolasan,
shuning uchun matematika, fizika yoki dasturlash haqida o‘ylashingiz kerak emas", deb takrorlab
tursa, albatta,"men qiz bolaman, shuning uchun aniq yoki texnika fanlari bilan qiziqishim shart
emas" fikri uning ongiga singib, ishonchga aylanadi. Aslida bu birinchidan, qiz bola shaxsiga
nisabatan haqoratdir, ikkinchidan, ijtimoiy muhit qiz bolalarning imkoniyatlarini cheklashidir.
Joriy yil 4 mart kuni Prezidentimiz ishtirokidagi xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlangan
videoselektorda qizlar ta’limi uchun bir qancha imtiyozlar haqida so‘z yuritilib, yangi o‘quv
yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt puli to‘liq byudjetdan qoplab
berilishi (23 ming nafar qizga 200 milliard so‘m), har yili 50 nafar qizni nufuzli xorijiy
oliygohlarga bakalavr va 10 nafarini magistraturaga yuborish, har bir viloyatda ehtiyojmand oila
vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizning (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakt pulini
mahalliy byudjetdan to‘lab berish, yosh farzandi bor talaba qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit
yaratish, doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota
ajratish, har yili xotin-qizlar talaba bo‘lishi uchun kvotaning kamida 50 foizi aniq fanlar, texnika
va huquqshunoslik yo‘nalishlari uchun maqsadli ajratilishi, yangi o‘quv yilidan boshlab oliygoh,
texnikum va kollejlarda o‘qiyotgan qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun ilk marta 7 yil
muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinishi belgilab berilgani bu boradagi islohotlar jarayonini
yanada yuqori bosqichga olib chiqdi.
Respublika ilmiy va o‘quv muassasalarida 700 nafardan ortiq ayol fan doktori hamda 6 nafar
akademik ayol faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy
institutlarda uch mingga yaqin xotin-qiz ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali olib bormoqda. O‘zbek
olimalari kimyo, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalarda o‘z bilim hamda
qobiliyatlarini namoyon etmooqda. Ularning intellektual ishlari xorijiy ilmiy markazlar tomonidan
yuqori baholanmoqda.
Shunday ekan, ilmiy faoliyatga xotin-qizlarni ko‘proq jalb etish lozim. Tadqiqot
faoliyatidagi gender xilma-xillik iste’dodli tadqiqotchilar doirasini kengaytiradi, bu sohada yangi
istiqbol va ijodkorlikni ta’minlaydi. Zero, inson qadrini ulug‘lash, avvalo, ayolga hurmat va
ehtirom, mo‘’tabar onalarimizni e’zozlash, munis opa-singillarimizni qadrlash orqali ro‘yobga
chiqadi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Ilm-fanda erishilgan muvaffaqiyatlar insoniyatning umumiy mulki hisoblanadi. BMT Bosh
kotibi Antoniu Guterrish ta’kidlaganidek, “Barqaror rivojlanish kun tartibining asosiy vazifalari –
sog‘liqni saqlashni yaxshilashdan tortib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishgacha bo‘lgan ayrim
vazifalarni hal etish barchaning iste’dodidan foydalanishga tayanadi”.
Xulosa shuki, jamiyatda ayol qadr-qimmati, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish
borasida davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zotan, jamiyatda xotin-qizlarning
huquq va manfaatlarini ifoda etish, davlat va jamiyat munosabatlarida ayollarning o‘rni va rolini
yanada oshirish, ularning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy sohalarda manfaatlarini himoya qilish
masalasi Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans avlodini shakllantirishning asosiy shartlaridan
biri hisoblanadi.
|
| |