488
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
2.
Psixologiya tarixi. N.S.Jo‘rayev, D.A.Saliyeva, N.A.Sultonova. – 2019. Noshir
nashriyoti.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyuldagi “Raqamli
O‘zbekiston - 2030 strategiyasi va uni samarali amalga oshirish chora –tadbirlarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-6079-son qarori.
4.
Ta’limda raqamli texnologiyalar. Delov,G,T- darslik. 17.04.2022.
GLOBAL ILM-FANDA AYOLLARNING O‘RNI
Yakubova Nilufar
Egamberganovna
Xorazm viloyati Urganch davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
Gender tenglik nafaqat insonning asosiy huquqlaridan biri, balki dunyodagi barcha
mamlakatlarda tinchlik va barqaror rivojlanishiga erishish uchun asosdir.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta'kidlashicha, "Ayollar jamoat va siyosiy hayotda
faol ishtirok etadigan jamiyatda iqtisodiyot o‘sadi, barqarorlik mustahkamlanadi va fuqarolar
farovonligi oshadi" (BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasi, 2018-yil,
sentyabr, Nyu-York,
AQSh). BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ayollarning jamiyatdagi o‘rni
bilan bevosta bog‘liq. Ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Har qanday davlat va jamiyat taraqqiyoti bir qator omillar asosida yuz beradi. Bu jarayonda
ayollar, ularning ijtimoiy-siyosiy
munosabatlardagi ishtiroki, huquq va erkinliklari amalda
ta’minlanganligi masalasi – davlatlar rivojining hamda demokratiyaning muhim indeksi sanaladi.
Zotan, ayol va uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamisha muhim mezon bo‘lib kelgan.
Bugun biz ayollarning o‘rni, uning ijtimoiy mavqeyi to‘g‘risida jamiyatning an’anaviy
qarashlari o‘zgarayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Tadbirkorlik, siyosiy rahbarlar,
jamoat
arboblari, yirik korxonalar rahbarlari lavozimida xotin-qizlar samarali ravishda faoliyat
yuritmoqdalar. Shubhasiz, XX1 asrda ayollar huquqlari sezilarli darajada mustahkamlandi va
uning jamiyatdagi o‘rni oshdi. Dunyo mamlakatlari qatorida va xalqaro hamjamiyatda munosib
o‘ringa ega bo‘lgan O‘zbekistonning davlat va jamiyat sifatidagi taraqqiyoti silsilasida ayolning
o‘rni, uning siyosiy va huquqiy madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Bir so‘z
bilan aytganda, ayollarning taqdiri, buguni va kelajagi uchun davlat siyosati
darajasidagi yuksak e’tiborning ifodasi bo‘lgan bunday sharoitlar va imtiyozlar mamlakatimiz
tarixida hali bo‘lmagan. Bugun opa-singillarimiz qalbida jo‘sh urayotgan
shukronalik va yurtdan,
Yurtboshidan minnatdorlik hissi amaliy faoliyatimizga ko‘chib, har bir sohada yuksak natijalarga
erishishga ruhlantirmoqda.
Ayollarga e’tibor chinakam davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi: uning huquqiy va
institutsional asoslari tubdan takomillashtirildi. Yurtimizda «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng
huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida», «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan
himoya qilish to‘g‘risida», «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida»gi
qonunlar qabul qilindi.
Shunga qaramay, nima uchun aniq va texnika fanlarida ayollarga qaraganda erkaklar
ko‘pchilikni tashkil etadi? Buning sababi ularning qobiliyatsizligi bilan bog‘liq, deb o‘ylash uchun
hech qanday sabab yo‘q. Buning asosiy sababi ko‘proq madaniy an’analar
va boshqa ijtimoiy
harakatlar bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, har qanday yoshga u shakllangan muhit ta’sir qiladi. Bunga
ota-ona va oilaning boshqa a’zolari, maktabdagi o‘qituvchilar, universitetdagi o‘qituvchilar - ya’ni
yoshi katta va tajribali kishilarning ta’siri yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning uchun, agar maktabda
bolaga qiz yoki o‘g‘il bo‘lgani uchun biron narsa qila olmasligini aytishsa, u juda kuchli ildiz
otadi. Ayniqsa, yon atrofda hamma shunday, deb ta’kidlab tursa - qarshilik ko‘rsatish qiyin. Quyi
sinflarda bola shunchaki aytilgan narsani tanqidiy baholay olmaydi: u kattalarga ishonadi,
chunki