|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 495
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Ayollar orasida o‘tkaziladigan diniy-ma’rifiy ishlarni hamda islom diniga oid rasm-
rusumlarni bajarishda odatda otinoyilar xizmatidan foydalaniladi. Otinoyilar sof islom dinini
aqidaparastlikdan farqlay olishi, atrofda kechayotgan jarayonlarga daxldor bo‘lishi, xotin-qizlarni
turli salbiy kuchlar va ularning ekstremistik g‘oyalari ta’siridan himoyalashga qodir bo‘lishi kerak.
Albatta, otinoyilar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tegishli
qonunlar hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi buyruqlari asosida tashkil etadi. Biroq
ma’naviy muhitga salbiy ta’sir etayotgan va bid’at-xurofotlarga boshchilik qilayotgan ba’zi bir
otinoyilar ham uchraydiki, biz ularni ko‘pam farqlayvermaymiz.
- Aslida "otinoyi" so‘zining istilohiy ma’nosi – qizlar o‘qituvchisi, din va shariat bilimdoni
hamda ayollar o‘rtasidagi diniy marosimlarga boshchilik qiladigan, xalq orasida katta obro‘-
e’tiborga sazovor bo‘lgan kayvoni ayoldir, - deydi O‘zbekiston Musulmonlari idorasining
viloyatdagi vakili Z.Eshonqulov. – Biroq bugun ilmi yo‘q, bir-ikki oyat, hadisni chala yodlab
olgan, behuda gaplaru, asossiz rivoyatlar bilan odamlarni chalg‘itayotgan ayollarning borligi
kishini ranjitadi.
Ilm-fan jadallik bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda otinoyilarning bilimiga bo‘lgan
talab ham ortib bormoqda. Zamon talabiga javob bera oladigan ma’rifatli otinoyi dunyoviy va
diniy bilimlarni o‘zlashtirishi, shuningdek, mazhablar haqida ham puxta ma’lumotga ega bo‘lishi
g‘oyat ahamiyatlidir.
Otinoyi nomiga munosib bo‘lish uchun xalq ishonchini oqlashi, ma’naviy yordamga muhtoj
insonlarga husni xulqda bo‘lishi, turli marosimlarga borganda riyo, manmanlik va ta’magirlik
qilmasligi kerak. Otinoyilar bir-birini hurmat qilishi, turli masalalarda maslakdosh bo‘lib ish olib
borishlari lozim.
Insonlar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, dinimiz ta’limotiga zid bo‘lgan folbinlik,
sehr-jodu, mushkulkushod, bibiseshanba va boshqa bid’at-xurofotlarga barham berish
otinoyilarning muhim vazifalaridandir.
Otinoyilar o‘zlariga murojaat qilgan oilalarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, baxtli oilalar sonini
ko‘paytirsa jamiyatimiz va davlatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan bo‘ladi.
Quyida hurmatli otinoyilarimizga ba’zi tavsiyalarimiz borki, ularga amal qilishsa, ish
faoliyatlari samarali, bilim saviyalari yanada oshadi degan umitdamiz.
1. Uyingizda alohida kutubxona bo‘lishiga e’tibor bering. Har oy yangi kitob sotib olishga
harakat qiling;
2. Fikr doirangizni kengaytirib boring. Zamon talabiga muvofiq keladigan ilmlarni
egallashga g‘ayrat qiling;
3. Ilm olishda va din yo‘lida eng so‘ngi zamonaviy vositalardan (kompyuter, audio-video
materiallar, internet, kitob va elektron kitoblar) unumli foydalaning;
4. So‘zlashish va muomala uslubingizni go‘zallashtiring. Ushbu mavzuga oid manbalar bilan
tanishib boring;
5. Ishingizni reja asosida olib boring, bir xillikdan qoching;
6. O‘zingizga har kecha o‘tgan kuningiz yuzasidan hisobot bering;
7. Turli davrada bo‘lasiz, davra va vaziyatga mos uslubda gapiring. So‘zingiz va amalingiz
bir bo‘lsin;
8. Hammaga e’tiborli bo‘lishga harakat qiling, insonlarda doimo yaxshilikka intilish
tuyg‘usini uyg‘otishga harakat qiling;
9. Siz tufayli bir insonning to‘g‘ri yo‘lga kirishi dunyo va undagi barcha narsadan
yaxshiligini esda saqlang;
10. Boshqa otinoyilar bilan munosabatingiz go‘zal bo‘lsin, ularni hurmat qiling. O‘rgangan
bilimingizni boshqalar bilan baham ko‘rishga intiling;
11. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning: “Buyuk axloqlarni
kamoliga yetkazish uchun yuborildim” degan hadislarini o‘zingizga shior qilib oling.
Shukrlar bo‘lsinki, farovon yurtda, ma'rifatli el orasida yashayapmiz. Bunday sharoitda
dinga xizmat qilish ota-bobolarimizning orzusi bo‘lgan.
|
| |