494
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan mamlakatimizning barcha hududlarida “Xotin-qizlar
jamoatchilik kengashi” o‘z faoliyatini boshladi.
Viloyat va shahar-tumanlar kesimida tashkil etilgan mazkur kengashlar tarkibida tegishincha
viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining
xotin-qizlar masalalari
bo‘yicha o‘rinbosari va shahar-tuman IIB HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari
jamoatchilik asosida faoliyat olib boradilar.
Mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning
faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har
tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, joylarda
“Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan
xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va
qiziqishlarini tizimli o‘rganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi
bosqichga olib chiqish maqsadida, shuningdek, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga
muvofiq:
1. Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tarkibda tashkil etilsin va uning asosiy
vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy
faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir
islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har
tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni
aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish;
hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan
tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini
oshirish;
turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini
yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash;
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalarni chuqur tahlil
qilish, ilg‘or tajribalar asosida mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha qonunchilik va amaliyotni
takomillashtirish yuzasidan
takliflar ishlab chiqish;
xotin-qizlarning oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-
avaylash hamda ularning farzand tarbiyasidagi rolini oshirish choralarini ko‘rish;
hududiy xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari, mahallalardagi “Ayollar
maslahat
kengashlari” faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning davlat va jamoat tashkilotlari bilan samarali
hamkorligini ta’minlash, ularga uslubiy-amaliy ko‘maklashish;
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar, sektorlar tomonidan xotin-
qizlarning muammolari o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga
oshirish kabi ko‘plab ishlar dasturimizga kiritilgan edi.
Mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi 2-3 yil ichida mamlakatimizda barcha sohalar qatori
diniy jabhada ham chuqur o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Aholining diniy-ma'rifiy saviyasini
oshirish, bid'at-xurofotlarga barham berish, qalblarga sog‘lom islomiy aqidani singdirishga e'tibor
qaratilmokda. Bu jarayonda diniy soha xodimlari, xususan otinoyilar faol ishtirok etishlari
maqsadga muvofiqdir.
Otinoyilar o‘z zimmalaridagi mas'uliyatli ishni tirikchilik manbaiga aylantirib olmasliklari
kerak. Ular zimmasida ma'raka yoki ehsonlarda ikki og‘iz duo qilish emas, balki din va jamiyat
ravnaqi uchun xolis xizmat qilish bor.
Bugungi otinoyidan diniy, dunyoviy ilmlarni egallash,
yangiliklardan xabardor, o‘z tarixini yaxshi bilgan, katta tajribaga ega, fidokor, xalqparvar bo‘lish
talab etiladi.
Afsuski, nafaqaga chiqib zerikib qolgan ham, hayotdan alamzada ayol ham muqaddas
dinimizni o‘rganmasdan otinoyilikka da'vogar bo‘lmoqdalar. Otinoyilikka bu tariqa biryoqlama
yondashish din rivoji va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilmaydi.