|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 496
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Xulosa qilib aytganda, yuksak madaniyatga ega ma’rifatli otinoyilarimiz xalqimiz ziynatidir.
Shunday ekan, ilmi va ezgu amallari bilan ayol-qizlarimizga o‘rnak bo‘lib, ziyo tarqatib
kelayotgan otinoyilarimizga kuch-g‘ayrat so‘rab qolamiz.
FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR RO‘YXATI
1.
Munira ABUBAKIROVA, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi fikrlari
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutqi. 2021 yil 1 iyul
3.
https://sammuslim.uz/oz/articles/society/otinoyi-kim
4.
Goʻzal MALIKOVA, “Hurriyat” muxbiri
5.
N. Temirova - O‘MI Samarqand viloyat vakili maslahatchisi
6.
https://lex.uz/uz/docs/-6148240
TA'LIM MUASSASALARIDA TALABA QIZLARNI RAHBARLIK LAVOZIMLARIGA
TAYYORLASHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI
Jamolova Niginabonu Baxtiyorovna
JDPU Maktab menejmenti yo‘nalishi 4-kurs talabasi
So‘nggi tort yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish,
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini taminlash, xotin-qizlarni
ijtimoiy-huquqiy
jihatdan
qollab-quvvatlash,
shuningdek,
xotin-qizlarni
tazyiq
va
zoravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng kolamli islohotlar amalga oshirildi.
Bugungi kunga qadar ayollarga bazi sohalar bo‘yicha bir qancha to‘siqlar mavjud bo‘lib
kelgan. Jamiyatda kamsitishlar past nazarda qarash kabi muammolar bo‘lib kelgan. Ammo
bugungi kunda xotin-qizlarga ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ularning huquqlari,
imkoniyatlariga har tomonlama e'tibor qaratilmoqda.
Ma'lumki, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq
hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning
jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida ma'qullangandi.
Quvonarli tomoni shundaki, ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak o‘rtasidagi
tengsizlik va uni hal etish masalasi hamisha dolzarb bo‘lib kelgan huquqiy munosabatlarning
nechog‘lik dolzarbligiga qaratilgan onundir. Jumladan, qonunning 1-moddasida qayd etilganidek,
qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
To‘g‘ri, hozir biz yashayotgan davr yangilanayotgan O‘zbekistonning islohotlarida inson
manfaatlarining ustunligiga qaratilgan bir paytda, hali ham oilaviy nizolarning juda katta qismi
erkaklar tomonidan ayol huquqlarining tan olinmaslik holatlari shuningdek, ayrim holatlarda
jamiyatda ham xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga etarlicha ahamiyat berilmayotgani
haqiqatdir.
Bundan bir necha yillar oldin qizlarni hattoki maktablarda ta'lim olishlari cheklab qo‘yilgan,
"Qiz bolaga o‘qish nega kerak uy yumishlarini bilsa bo‘ldida ",-degan zailda ish tutilgan. Hozirgi
kungacha ham qizlarni oliy ta'limda o‘qitishni xohlamaydigan oilalar ham yo‘q emas, ularning
dunyo qarashlariga biroz oldingi davr mafkurasi singib qolgan.
Birgina taʼlim sohasini oladigan boʻlsak, bizda qizlar va oʻgʻil bolalarning bilim olishlari,
kasb tanlashlari boʻyicha kelajaklarini taʼminlashda farqlar bor edi, hali ham bunday dunyoqarash
uchrab turibdi. Toʻgʻri, hamma bolalar maktabda oʻqitiladi. Biroq keyinchalik kasb tanlash, oliy
oʻquv yurtida tahsil olishga kelganda, koʻproq eʼtibor va ustunlik oʻgʻil bolaning taʼlim olishiga,
uning uchun barcha sharoitni yaratishga qaratiladi. Chunki baʼzi insonlarda faqat oʻgʻil bolaga
bilim berish kerak, oʻqitish kerak, chunki u bizning boquvchimiz, degan qarashlar ustunlik qiladi.
|
| |