|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 498
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qollab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida
Ayollar daftari tizimi joriy etilib, Davlat budjetidan har yili 300 mlrd som mablag ajratib borish
yolga qoyildi.
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoq yolgiz ayollarning
oqish tolovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy oquv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand
oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9 trln
som miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.
Hozirda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan talaba xotin-
qizlarga qo‘shimcha imtiyoz sifatida magistratura talabasi bo‘lgan qizlarning kontrakti davlat
tomonidan to‘lab beriladigan bo‘ldi. Bu yana bir qadar biz talaba qizlarga nisbatan qaratilga e'tibor
desak adashmaymiz. Bu orqali ko‘plab talaba qizlarga shuningdek oilali talaba qizlarga Oliy
ta'limni davom ettirish imkoniyati berildi.
Bundan tashqari bu yaratilgan imkoniyatlar orqali talaba qizlarni pedagogik texnalogiyalar
orqali rahbarlik lavozimlariga tayyorlab borish, kerakli bilim, ko‘nikmalarni berib borish, ish,
o‘qish, hayot davomida duch keladigan qiyinchiliklarga tayyorlab borish orqali biz yurt rivojiga
o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Buning uchun Oliy ta'lim muassasalarida talaba qizlarga
nisbatan alohida e'tibor berish, psixologik, iqtisodiy bilimlarni berib borish, liderlik qobiliyati bor
talabalar bilan bu qobiliyatini oshirish va to‘g‘ri qo‘llay olishi uchun kerakli yo‘nalishlar berilishi
tushuntirilishi lozim.
Demak, xulosa qilib aytadigan bo‘lsak jamiyatda faqatgina erkaklar emas balki xotin-qizlar
ham rahbar bo‘la olishi, bu lavozimni alo darajada bajara olishi mumkin. Talaba qizlarni rahbarlik
lavozimlariga tayyorlab borish va tayinlash orqali ko‘plab yutuqlarga erishishimiz, yanada
barkamol yosh avlodni ko‘payib borishiga , jamiyatimiz ongining rivojlanishishiga erisha olamiz.
Bunday ezgu ishlarga bagʻrikeng, mehnatkash, zukko, fahm-farosatli, oqila, mehribon
onalarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimiz oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshishlariga
ishonaman. Ularning goʻzalligi, yuzlaridagi samimiy kulgi, bayramona ruh, koʻtarinki kayfiyat esa
xalqimizning zabardast insonlari kuchiga kuch, gʻayratiga gʻayrat, ilhomiga ilhom qoʻshishi,
shubhasiz.
|
| |