|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 497
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Qiz bolaga kelganda, bu boshqacha tus oladi. Maktab taʼlimi majburiy boʻlgani bois oʻqiydi.
Ammo keyin bu birovning xasmi, kerak boʻlsa turmush oʻrtogʻi boqib oladi, degan tushunchaga
urgʻu beriladi.
Vaholonki, qiz bola oliy maʼlumotli boʻlsa, qanchalik bilim va salohiyat olsa, buni kelgusida
farzandlariga ham yuqtiradi, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga
masʼuliyat bilan yondashadi. Yurtning kelajagi esa mana shunday dunyoqarashga ega onalar
tomonidan yaratiladi.
Ana shunday salbiy holatlarga qarshi mazkur qonunning 2-moddasida Xotin-qizlar va
erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu
Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma
qoidalari qo‘llanilishi belgilangan.
Shuningdek, qonunda gender tushunchasi ham qayd etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, gender —
xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha
sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan
sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati ko‘rsatilgan. Demak, gender tushunchasi faqat
ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Balki har ikki jins vakillarining o‘z orzu va maqsadlari sari
dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi, xolos.
Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining
ta'minlanishidadir.
Bugungi kunda Oliy ta'lim muassasalarida talaba qizlar soni oshib bormoqda. Bu esa yaxshi
natija hisoblanadi. Iqtidorli talaba qizlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlab borish zarur. Hozirgi
kunda Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan iqtidorli talaba qizlarni o‘zlari qiziqqan
yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlash, shuningdek liderlik, boshqaruvchilik qobiliyatiga ega qizlarni bu
iqtidorlari ustida ishlab rahbarlik lavozimlariga tayyorlab borish lozim. Xotin-qizlardan albatta
yaxshi lider chiqadi deb o‘ylayman chunki ayyollar o‘z ishlariga erkaklarga qaraganda yurakda
kirishishadi va mehr bilan bajarishadi
Demak, xotin-qizlarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishida, birinchi navbatda, ota-onalarning
munosabati katta rol oʻynasa, ikkinchisi, oliy taʼlimda ularni qamrab olish imkoniyati muhim oʻrin
tutadi. Masalan, talaba qiz turmushga chiqsa, oʻqishni qiynalib davom ettirishga majbur boʻladi.
Qoʻllab-quvvatlaydigan qaynota bilan qaynonaning qoʻliga tushsa-ku yaxshi, ammo oʻqib nima
boʻlarding, deydigan oilaga kelin boʻlsa, buyogʻini tasavvur qilavering. Yillar davomida toʻplanib
qolgan shu kabi muammolar, oliy oʻquv yurtlariga yoshlarni qamrab olish koʻrsatkichining toʻqqiz
foiz ekanligi oliy maʼlumotli, keng tafakkur va dunyoqarashi bor ayollarni tarbiyalashda katta
toʻsiq boʻldi.
Hozirgi kunda talaba qizlarga ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda va ko‘plab islohotlar
o‘tkazilmoqda.
Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga kotarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik
hujjati qabul qilindi.
Ozbekiston Respublikasining Gender tenglikni taminlash masalalari boyicha komissiyasi,
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qomitasi
tashkil etildi.
Ozbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan
tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va
dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-oringa kotarildi.
Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy talimda
40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.
|
| |