|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 493
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
bitta oddiy sababga ko‘ra ta'lim mazmunida aks ettirilishi kerak bo‘lgan voqelik, belgilangan ta'lim
idealiga erishish uchun: insonga o‘z ehtiyojlari va manfaatlariga muvofiq o‘zini ochish va amalga
oshirishga yordam berish.
Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini
ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish
maqsadida ko‘plab qonunlar farmon va farmoyishlar chiqarilmoqda.
Bu esa albattaki xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Fan va
gender tenglik 2030 yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish kun tartibida bayon etilgan taraqqiyot
maqsadlariga erishishning ajralmas unsurlari hisoblanadi. Binobarin, BMT Barqaror rivojlanish
maqsadlaridan biri – gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini
kengaytirish, davlat boshqaruvi tizimida ayollar ishtirokini ta’minlashdan iborat.
Barqaror rivojlanish maqsadlari asosida jahon hamjamiyati xotin-qizlarni ilm-fanga jalb
etishda sezilarli yutuqlarga erishdi. Shunga qaramay, ayollar hali ham ayni jabhada cheklovlarga
duch kelmoqda.
Respublika ilmiy va o‘quv muassasalarida 700 nafardan ortiq ayol fan doktori hamda 6 nafar
akademik ayol faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy
institutlarda uch mingga yaqin xotin-qiz ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali olib bormoqda.
O‘zbek olimalari kimyo, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalarda o‘z
bilim hamda qobiliyatlarini namoyon etmooqda. Ularning intellektual ishlari xorijiy ilmiy
markazlar tomonidan yuqori baholanmoqda.
Prezidentimizning 2020 yil 29 oktyabrdagi Farmoni bilan 2030 yilgacha fanni rivojlantirish
konsepsiyasi tasdiqlandi. Ta’kidlash joizki, mazkur Farmon iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni jadal
rivojlantirish, ilmiy, intellektual va moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etish bilan ilmiy va
innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, kelajakda ilm-fanni uzluksiz isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlarini aniqlash, o‘z-o‘zini o‘ylaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun muhim
ahamiyatga ega.
|
| |