490
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
TALABA-QIZLARNING RAHBARLIK LAVOZIMLARIGA TAYYORLASHNING
AHAMIYATI
Akramova
Gulrux Alixanovna
Oriental universiteti Ta’lim menejmenti mutaxassislik magistranti
XX asrda dunyo miqyosida xotin-qizlar masalasiga e’tiborning kuchayishi ular
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy-me’yoriy asoslarning ishlab chiqilishiga va
ayollar masalalari bo‘yicha xalqaro institutlar tashkil etilishiga zamin yaratdi.
Natijada ayollar
muammosining izchillik bilan bartaraf qilinishiga hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
hayotdagi faol ishtirokini ta’minlash, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish imkoniyatlari yuzaga
keldi. Bu jarayon deyarli barcha mamlakatlarning ayollar masalasi bo‘yicha olib borayotgan
siyosatini o‘zgartirishiga olib keldi. Bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlarni
muvofiqlashtirish, zamonaviy jamiyatda ayollarning rolini kuchaytirish
har bir davlatning muhim
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Dunyoning bir qator ilmiy-tadqiqot markazlarida xotin-qizlarning jamiyatdagi ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ishtiroki masalalarini har tomonlama
o‘rganish ustuvor ilmiy yo‘nalishlardan biri sanaladi. Globallashuv davrida xotin-qizlarning
huquq
va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ayollarning ijtimoiy faolligini
yuksaltirish, davlat siyosatini yuritishda gender tenglik tamoyillariga asoslanish,
mamlakatning
barqaror rivojlanishini ta’minlashda keng aholi qatlami manfaatlarini ilgari surish, iqtisodiyotning
turli sohalarida ayollar ishtirokini kengaytirish uchun sharoitlar yaratish kabi masalalar
o‘rganilmoqda.
So‘nggi yillarda respublikada xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning
davlat boshqaruvi va qarorlar qabul qilishdagi o‘rnini kuchaytirish, mehnat va turmush sharoitini
yaxshilash va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida
qator islohotlar amalga oshirildi. Bu esa ayollarga g‘amxo‘rlik siyosati, ularning ijtimoiy,
iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishida o‘z
ifodasini
topmoqda148. Shuningdek, xotin-qizlar bandligini oshirish, jamiyatda yuzaga keladigan ijtimoiy
muammolarni oldini olish, globallashuv sharoitida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila
institutini yanada mustahkamlash kabi muhim vazifalarni kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Mamlakatimizda ayollarning siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar
amalga oshirilmoqda. Ayollarimizning har sohada siyosiy faolligin jadal oshirish maqsadida bir
qator islohotlar amalga oshirilmoqda. 2018 yil 2 fevraldagi PF-5325-son “Xotin-qizlarni qo‘llab-
quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2019 yil 7 martdagi PQ-4235-son “Xotin-qizlarning
mehnat
huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2019 yil 2 sentabrdagi O‘RQ-562-son “Xotin-qizlar va
erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qarori, 2021 yil 9
dekabrdagi O‘RQ-736-son “Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini
ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2022 yil 1 martdagi PQ-146-
son “Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori, 2022 yil 2
martdagi PF-81-son “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida hamda sohaga oid boshqa
me’yoriy hujjatlar qabul qilindi ushbu islohotlar natijasida hozirgi kunda mamlakatimizda davlat
boshqaruvida xotin-qizlarning soni ortib bormoqda. Aytish joizki ayol xokimlarimiz ham shu
vaqtga qadar yo‘q edi. Xozirgi kunda ayol hokimlarimiz soni ortib bormoqda.
Albatta bu
e’tiborning yuksaltirish va yanada tajribali qizlarimizning shakllantirish uchun biz avvalo quyi
pog‘onadan ularning faolligini shakllantirsak yanada yuksak natijaga erishamiz.
148
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 28 январ 2022 йилдаги “2022-2026 йилларга
мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги ПФ-60-сонли Фармони // lex.uz.