486
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
2.
Quronov.M. Rahbarlik lavozimlari professiogrammalari haqida. Rahbar va xodim.-
T.:”Akademiya”,1998.
3.
Asatova. D. A. THE IMPORTANCE OF AXIOLOGICAL APPROACH IN
FORMING
LEADERSHIP
COMPETENCE
IN
STUDENTS
https://doi.org/10.17605/OSF.IO/5XMKQ.
TALABA QIZLARNI RAHBARLIKKA TAYYORLASH PSIXOLOGIYASI
Usmanova Gulnara Baxodirovna
GulDu o‘qituvchisi
Taraqqiy etib rivojlanayotgan yurtimizda har bir yosh avlodga alohida e’tibor qaratilmoqda
ularning hozirgi va kelajak hayoti yaxshi bo‘lishi uchun
shart-sharoit yaratilib
berilmoqda.Qadimdan yoshlarga ilm berishda asosan o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi, qizlar esa faqat
oiladagi vazifalarni bajaruvchi sifatida tarbiyalanar edi. Hozirgi kunda esa qizlarning ta’lim olishi
uchun katta imkoniyatlar yaratilib berilmoqda, nafaqat ta’lim olishi uchun balki ular hozirda
yigitlar bilan bir qatorda barcha sohalarda faoliyat olib bormoqda va ular faoliyat olib borishdan
tashqari ishlab chiqarish sohalarida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Bunga javoban
yurtboshimiz xotin – qizlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida keng ko‘lamli ishlarni amalga
oshirdilar. Xususan:
Oliy ta’limda ta’lim olish uchun xotin – qizlarga kvotalarning oshirilishi;
Magistratura ta’limida ta’lim olish uchun talaba qizlarni kontrakt to‘lovlarni davlat
tomonidan to‘lab
berilishi;
Kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim va texnikum, kollejlarda ta’lim olayotgan talaba qizlarning
kontraktlari uchun qulay ipoteka kreditlarining amalga oshirilishi;
Xotin – qizlarni qo‘llab- quvvatlash, bandligi ta’minlash,
ishsizligini oldini olish,
tadbirkorligini qo‘llab – quvvatlash maqsadida kreditlar berilishi;
Mahallalarda “Ayollar daftari” nomli xotin – qizlarga har tomonlama ko‘mak beruvchi
islohotlarning olib
borilishi;
Yurtboshimiz tomonidan gendertenglik masalalariga katta ahamiyat berilishi va xotin –
qizlarni ham boshqaruv organlarida o‘rinlarni egallashga keng imkoniyatlar berilishi kabilar misol
bo‘ladi.
Mamlakatimizda xotin – qizlarga ta’lim olishda rahbarlik lavozimini egallashda keng
imkoniyatlar yaratilib berilmoqda ekan. Xo‘sh bunga munosib ravishda avvalo qizlarni qanday
tarbiyalashimiz kerak? – degan savol tug‘iladi.
Avvalo har bir farzand oilada tug‘iladi va o‘sha oilada kamol topadi. Shunday ekan munosib
tarbiya va ta’limni oiladan, ota-onadan boshlashimiz joizdir. Bolani kichikligidan ta’lim olishga
o‘rgatish, shaxsiy sifatlarini ya’ni odob-axloq, insof-diyonat, irodalilik, sabr-matonat, adolatlilik,
mehr-oqibatlilik, mehnatkashlik, zehnli, tartiblilik hamisha intiluvchanlik va o‘ziga bo‘lgan
ishonch kabi sifatlarini kamol toptirish lozim. Shu sifatlarni o‘zida shakllantirish orqali u farzand
kelgusida jamiyatda ham yetakchi o‘rinlarni va rahbar lavozimlarni egallashi mumkin.
Bu esa
undanda murakkab bunda odam nafaqat o‘zini balki o‘zi rahbar bo‘lgan tashkilot odamlarini ham
ish faoliyatini boshqaradi. Buning uchun u albatta boshqa insonlarga na’munali xulqi, samarali
faoliyati, sabr-matonatli mehnati va adolatli shaxsiy va kasbiy faoliyati bilan o‘rnak bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari rahbarlik psixologiyasi anchayin murakkab chunki odamlarni boshqarish va
samarali ish jarayoni tashkil etish uchun rahbar o‘z ustida tinmay
ishlashi odamlar bilan
munosabatga kirishish mahoratini egallashi shart. Yana bir murakkab jarayon borki, hali hamon
ayol va qiz rahbarlarni jamiyatimiz insonlari o‘rtasida ayrimlari bir muncha ularga tanqidiy
nazarda qarashadi. Shuning uchun rahbar qizlarni tayyorlashga va ular o‘z vazifasini samarali olib