|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 484
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
nafar fakultet dekani va dekan o‘rinbosari lavozimlarda ayollar rahbarlik qilib kelmoqda. Ushbu
ko‘rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda. Buning asosiy sababi oliy ta’lim boshqaruvi jarayonida
xotin-qizlarga nisbatan yuqori ishonch mavjud.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda ta’lim, sog‘liqni saqlash va xizmat ko‘rsatish
sohalarida xotin-qizlarning ulushi boshqa sohalarga nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turganligi
uchun ham mazkur sohalarda rahbar ayollarning ulushini, bu borada kadrlar tayyorlash tizimini
tadqiq qilish muhim.
TALABALARDA RAHBARLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA AKSIOLOGIK
QADRIYATLARNING O‘RNI
Asatova Dildora Aslamovna
NavDPI maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
Hozirgi vaqtgacha jahon miqyosida talabalarda liderlik qobiliyatini rivojlantirishning
ijtimoiy-siyosiy, sotsiologik va psixologik yoʼnalishlari boʼyicha qator ilmiy izlanishlar olib
borilmoqda. Jumladan, amerikalik olimlar U.Bennis va B.Nanuslarning uzoq yillik ilmiy tahlillari
natijasiga koʼra, liderlikning 850 dan ortiq taʼrifi hamda ushbu mavzu doirasida minglab empirik
izlanishlar olib borilgani taʼkidlab oʼtilgan. Nyu-Yorkning Bingemton davlat universiteti
professori, B.M.Bassning [1] qayd etishicha, lider va liderlik xususida oʼtgan asrning oʼzida 11000
dan ortiq kitob va maqolalar chop ettirilgan. Kanadaning York universiteti tadqiqotchisi
J.Gringberg oliy taʼlim muassasalari talabalarida yetakchilikni quyidagi asoslarga tayanib, tahlil
qilgan: talabalarda lider shaxsini shakllantirish, liderlikni rivojlantirish nazariyasi, modellari va
tarbiyaviy jarayonlar, liderlardagi ijtimoiy oʼzgarishlarni kuzatish, ayniqsa yigit va qizlar liderligi
masalalariga alohida eʼtibor qaratgan. Tadqiqotda keltirilishicha lider nazariyasiga doir 4 xil nuqtai
nazar mavjud:
- liderlar tugʼiladi, yaʼni tugʼma qobiliyat boʼlib, u shakllantirilmaydi;
- liderlik qobiliyati bu oʼquv tajribasining tabiiy natijasi sanaladi;
- liderlik-bu pedagogik jarayonlar asosida yoʼnaltirilgan qobiliyatlarning samarasi;
- strategik tajribalar asosida talabalarning qobiliyatidan kelib chiqib muayyan xizmatga jalb
qilish ahamiyatlidir.
Rossiyalik tadqiqotchi А.V.Zorina tomonidan “liderlik” - shaxsning jamoada muvaffaqiyatli
faoliyatni yoʼlga qoʼya olishi, ijobiy muhit yaratishi, umumiy maqsadlarga erishishiga hissa
qoʼshishi bilan bogʼliq jarayon sifatida tushuntirilgan. Liderlik kompetentsiyasi - bu kishilarni,
jamoa aʼzolarining xayrxohligi asosida ish faoliyatini foydali hamkorlik uchun tashkil etish
qobiliyati, muayyan rahbarning nizolarni samarali hal etish va unga erishish jarayoni sifatida
izohlanadi. Istalgan yosh davrida tashkilotchilik sifatlarni tarkib toptirish, mavjud liderlik
layoqatini namoyon etishi uchun sharoit yaratish pedagogdan oʼziga xos tayyorgarlikni talab etadi.
Los Аnjeles Oliy taʼlim ilmiy tadqiqot instituti professori А.Аstinning taʼkidlashicha, “Oliy oʼquv
yurtlarida talabalarda liderlikni rivojlantirish juda muhim va foydalidir. Chunki bakalavr
darajasida ularning tajribasini boyitib borish, ularga kelgusida oʼz hayotlarini nazorat qilish
imkonini beradi”.
ASOSIY QISM
Bugun oliy ta’lim dargohida tahsil olayotgan talabalarning har tomonlama rivojlanishi,
barkamol shax sifatida o‘z o‘rnini topishida ularni birinchi navbatda rahbar darajasida, liderlik va
boshqaruvchilikka xos sifat va fazilatlarni shakllantirgan holda tarbiyalsh juda muhimdir. Bu
borada esa rahbarlik sifatlari bilan birgalikda aksilogik qadriyatlar tizimini ham birgalikda olib
borish maqsadga muvofiqdir. Chunki aksilologik qadriyat asosida o‘zida rahbarlik va liderlik
sifatlarini tarbiyalay olgan inson har qanday sharoitda muammo va yechimning yo‘lini topa oladi
va insoniy fazilatlani ham qo‘llay oladi.
|
| |