|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 479
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
qanot bog‘lashi ham yosh avlod kelajagiga qo‘yilgan mustahkam poydevor bo‘ldi, desak
mubolag‘a bo‘lmaydi.
Zero, respublikamizda ta’lim, jumladan, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini tubdan
takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar tub mohiyatida ham
talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy barkamolligiga erishish mo‘ljali turadi. Ta’bir joiz bo‘lsa,
aytish zarurki, bugungacha yoshlar siyosati borasida qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar
hamda ular asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yoshlarning kelajagini
belgilovchi konsepsiya bo‘ldi.Bugun oliy ta’lim dargohining rahbari, unib-o‘sib kelayotgan yosh
avlodimizga fan, ilm sirlarini yetkazish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan professor-
o‘qituvchilarning katta jamoasi vakili sifatida hukumatimiz tomonidan talaba-yoshlarga
yaratilayotgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlarga havas ko‘zi bilan qarayman.
Chunki Prezidentimiz o‘rinli ta’kidlaganlaridek: «Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ilm-fan
va ta’lim-tarbiya sohasini davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirishga qaratilgan, oilada
farzand tug‘ilganidan boshlab, kamolot yoshiga yetgunga qadar uni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim
yaratilmoqda». 2021-yil 9-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim
muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 563-son qarorining qabul qilinishi ham talaba-yoshlarimizga yaratilayotgan
sharoitlarni yanada takomillashtirishga qaratildi. Qarorda – talabalarni arzon, ammo barcha
qulayliklarga ega turar-joy bilan ta’minlash;talabalarga tarkibi va xavfsizlik sifati kafolatlangan –
sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish;bakalavriatning 1-3-kurslari
doirasida har 120-150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida «tyutor» lavozimini tayinlash kabi
– oliy ta’limda uzoq vaqtdan beri loyihalashtirib kelingan qator tizimli qulaylik va imkoniyatlar
belgilandi. «Tyutor» yangi atamasi nutqimizga ingliz tilidan o‘zlashgan bo‘lib, u ustoz va
murabbiy vazifasini bajaruvchi shaxs ma’nosini ifodalaydi.
Tyutor lavozimi 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh
murabbiyi” instituti bekor qilingach, uning o‘rniga talaba-yoshlar bilan ishlovchilar – tyutorlar
sifatida tashkil etildi.Mazkur lavozim egasi, tom ma’noda, talabani o‘qitish tizimi bilan uzviy
bog‘lanishini ta’minlovchi; talabada o‘quv jarayoni davomida o‘z salohiyatini namoyon qilish,
o‘zini, o‘zligini, intilishu dunyoqarashini teran anglash, o‘z faoliyatini ongli ravishda nazorat
qilish, xatti-harakatlarini tizimli boshqarish borasida to‘g‘ri qarorlar qabul qila olish malaka va
ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi shaxs sanaladi. U talabaga har bir faoliyat va harakatlarining
oqibatlarini ongli ravishda anglashga, hayotda o‘z orzulari ro‘yobini ta’minlash yo‘llarini topishga
ko‘maklashadi.Tyutorning faoliyati samarasi talabaning o‘qib o‘rganishga bo‘lgan ichki intilishi
kuchayishi va ta’limning samarali jarayonga aylanishi bilan o‘lchanadi.
Tom ma’noda, oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi «professor-
o‘qituvchi – talaba – tyutor» hamkorligida ta’minlanadi. Tabiiyki, tyutor lavozimini egallagan oliy
ma’lumotli shaxs, ya’ni murabbiy, ustoz, talaba ta’lim olayotgan soha mutaxassisi sifatida
pedagogik, psixologik, etik, estetik jihatdan barkamol, o‘zligini anglagan, dunyoqarashi keng,
sog‘lom fikrli, intellektual salohiyatli bo‘lishi lozim. Shuning uchun ham tyutorning oylik ish haqi
o‘qituvchi-stajyorning bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirilgan.Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-
ma’rifiy va ahloqiy-tarbiya, o‘quv va o‘quv-uslubiy hamda ilm-fan, innovastion va ilmiy-tadqiqot
yo‘nalishlarida faoliyat olib borishi mo‘ljallangan tyutorlar faoliyati dunyo ta’lim tizimi uchun
yangilik emas. Manbalarga ko‘ra, tyutorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish dastlab oila bolalariga
uylarida xususiy ta’lim berish jarayonida shakllangan va rivojlangan.
Keyinchalik bu ommaviy ta’lim tizimiga ko‘chgan. Jumladan, qadimgi Yunonistonda ham
asosiy ta’lim jarayoniga yordamchi sifatida tyutorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. Hozirda
dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida tyutorlik xizmatidan foydalaniladi. Hatto ular
Yaponiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Finlandiya, Koreya, Rossiya kabi o‘nlab mamlakatarda
maxsus o‘qitiladi, tyutorlar tahsil yakunida diplom olishadi. Masalan, Germaniya, Koreya,
Rossiya mamlakatlarida pedagog-xodimlar tayyorlash sohasiga ixtisoslashtirilgan oliygohlarda
|
| |