|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 480
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
bakalavr va magistratura bo‘yicha maxsus tyutorlik kurslari mavjud. Sivilizasiya erishgan
yurtlarda
tyutorlik
markazlari
va
assosiasiyalar
faoliyat
yuritishini
kuzatishimiz
mumkin.Tyutorning lavozim vazifasi asosida boshqa odam(ta’lim oluvchi)ga o‘qishni samarali va
qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam berish mo‘ljali turadi. Tyutor bu mo‘ljalni ro‘yobga
chiqarish uchun ham butun guruh bilan, ham individual tarzda ishlashi kerak bo‘ladi.
Oliy ta’limda tyutorlar quyidagi lavozim vazifalarini tizimli reja asosida olib
boradilar:ma’ruzachi tomonidan o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilarga yordam
berish va shu orqali dunyoqarashi endi shakllanayotgan talabani muntazam ilm o‘rganishga
odatlantirish;talabaning o‘qishi va kundalik hayoti o‘rtasida muvozanat o‘rnatilishini
ta’minlash;talabalarga vaqtini menejment qilish masalalarida ta’sir ko‘rsatish;talaba tanlagan soha
ilmiga oid qiziqarli, ta’sirli ma’lumotlarga urg‘u berish, tanlagan sohasi, kasbiga muhabbat
tuyg‘ularini tarbiyalash;talabaning kuchli taraflarini, ichki (yashirin) qobiliyatlarini yuzaga
chiqarishga ko‘maklashish;talabani o‘z kamchiliklari ustida ishlashga o‘rgatish;talabalarning
bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga ko‘maklash;talabalarni Vatanga, el-yurtga, milliy
qadriyatlarimizga muhabbat ruhida tarbiyalash;talabalarni turli ilmiy to‘garaklarga jalb etish va
h.k.
Belgilangan vazifalar tyutorlarimizdan yuksak saviya va muntazam mehnatni talab etadi.
OTMlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi tomonidan «Tyutorlik faoliyatini samarali tashkil
etishda zamonaviy yondashuvlar» mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi. Seminar-
treningda tyutorlik imedji, tyutorlik faoliyatini tashkil etishda zamonaviy yondashuvlar xususida
fikr yuritildi, amaliy tavsiyalar berildi.
“Tyutor” so‘zi - lotincha “Tutorem” - ustoz, murabbiy. Ba’zi hollarda ma’ruza o‘qituvchisi
bilan tinglovchi orasidagi bog‘lovchi, ya’ni ma’ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng
egallashda maslahatchi va ustoz vazifasini bajaradi. Bu so‘z o‘zbek tilining izohli lug‘atiga
kiritilmagan. Shunga qaramay yangi termin sifatida nafaqat tilimizda, balki oliy ta’limda ma’lum
bir lavozim sifatida qo‘llanmoqda.
Avvalambor, “tyutor" (“tutor") tom ma’noda ustoz, murabbiy, instruktor – yo‘l ko‘rsatuvchi
ma’nolarida qo‘llaniladi. Tyutor birinchi navbatda, ma’lum bir sohaning mutaxassisi bo‘lib, uning
asosiy vazifasi talabaga muayyan bilim va ko‘nikmalar berishdan iborat. Kengroq ma’noda esa,
tyutor talabaga o‘quv jarayoni davomida o‘z salohiyatini namoyon qilish, o‘zini yanada yaxshiroq
anglash, o‘qish va hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilish va tanlashni o‘rgatadi.
U talabaga har bir qadam va harakatlarining oqibatlarini anglash, hayotda o‘z qiziqishlarini
topishga yordam beradi. Buning uchun tyutor o‘z tarbiyachilarining qiziqish va moyilliklarini,
muammo
va
qiyinchiliklarini
chuqur
tahlil
qiladi.
U talabaning atrofidagi intellektual va psixologik muhitni sinchkovlik bilan o‘rganadi. Bir so‘z
bilan aytganda, tyutor talaba va ta’lim jarayoni o‘rtasidagi bog‘lovchi kuch hisoblanadi. Uning
yordamida o‘qish qiziqarli va samarali jarayonga aylanishi lozim.
Tyutorlik usuli qadimgi Yunonistonda ham asosiy ta’lim jarayoniga yordam sifatida yo‘lga
qo‘yilgan edi. Hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tyutorlik uchun maxsus o‘qitiladi,
diplom beriladi. Masalan, Rossiyada pedagogika sohasiga ixtisoslashtirilgan oliygohlarda
bakalavr va magistratura bo‘yicha maxsus tyutorlik kurslari bor. Tyutorlik markazlari va
assotsiatsiyalar faoliyat yuritadi. Bu ko‘hna usul zamonaviy dunyoda turli shakllarda (formal va
noformal, o‘quv xonasida yoki masofaviy tarzda) qo‘llaniladi. Tyutorlik, albatta, formal o‘quv
jarayonidan farq qiladi. U yengilroq, moslashuvchan shaklda amalga oshiriladi.
Tyutorlar – bu yuksak mas’uliyat egalari hisoblanadi. Zero, tyutor dunyoqarashi endi
shakllanayotgan talaba bilan muntazam tarzda ishlaydi. Bunday mutaxassisning asosiy vazifasi –
boshqa odamga o‘qishni samarali va qiziqarli jarayonga aylantirishga yordam berish. Tyutor ham
butun guruh bilan, ham individual tarzda ishlashi kerak bo‘ladi. Ilmning qaysi sohalariga urg‘u
berish, kelajakda kasb tanlash, kerak bo‘lsa, boshqa mutaxassislikka mo‘ljal olish, o‘qish va
kundalik hayot o‘rtasida muvozanatni o‘rnatish, vaqtini menejment qilish masalalarida talabalarga
ta’sir qilish ham tyutorning vazifasidir. Yaxshi tyutor – bu talabaga yelkadosh murabbiy va mohir
|
| |