|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 477
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
bilimlarni egallashda, qiyinchilikka duch kelganda ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. Ularda
ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash ham murakkab ishlardan sanaladi. Shu sababli ta’lim jarayonlarida
ularning individual xususiyatlarini hisobga olib, ularga nisbatan alohida-alohida muomala ishlarini
amalga oshirish kerak. Ta’lim jarayonida tuzatish-tarbiyalash ishlarini amalga oshirish natijasida
yuqorida aytib o‘tilgan bilish faoliyatlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish mumkin. O‘qituvchi
ishining samaradorligi har bir konkret o‘quvchi faoliyatining samaradorligi bilan o‘lchanadi. Shu
sababli o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan ishlash asosida butun sinf bilan samarali ishlashga
o‘tadi.Quyida ixtisoslashtirilgan maktablardagi ta’limning umumiy vazifalari quyi sinf aqli zaif
o‘quvchilar o‘quv faoliyatini rivojlantirishning samarali usullari tajriba va kuzatishlar davomida
aniqlangan:xarakatlantiruvchi mashqlar;eslash-fikrlashga oid mashqlar; yodlash-kuylashga oid
mashqlar;topishmoq aytish;qisqa muddatli ta’limiy xarakterdagi musobaqalar tashkil
etish;o‘qituvchining yengil hazil va askiyalari.Harakatlantiruvchi mashqlarni o‘tkazishda
o‘quvchilar parta oralaridagi yo‘lakka saflanadilar va o‘qituvchi ko‘rsatmasi bilan quyidagi
harakatlardan birini bajarishlari mumkin:a)qo‘llarni ikki yonga va yuqoriga ko‘tarish. So‘ng yana
asli holiga qaytarish;b) qo‘llarni yuqori ko‘tarib, bosh ustida chapak chalish va asli holiga
qaytarish;v) boshni o‘ngdan va chapdan aylana yo‘nalishda harakatlantirish;g) qo‘llarni belga
qo‘yib, o‘tirib-turish.Bunday harakatlarni dastlab o‘qituvchi amaliy ko‘rsatib tushuntiradi. So‘ng
o‘quvchilar sanoq tartibida bajaradilar. Ya’ni, bir deganda, qo‘llarini ikki yonga, ikki deganda,
yuqoriga ko‘taradilar. Uch deganda, yana yonga tushirib, to‘rt deganda, dastlabki holatga
qaytaradilar. Boshqa turdagi mashqlar ham shu tartibda bajariladi.Eslash-fikrlashga oid
mashqlarda aqli zaif o‘quvchi biror narsaning shakli, hajmi, belgisi, mazasi yoki boshqa
xususiyatlariga ko‘ra ma’lum bir narsaga o‘xshashligini aytadi. O‘quvchilar uning nima ekanligini
eslab, fikrlab aytishlari kerak.Masalan, o‘qituvchi «bir narsa o‘yladim, shakli o‘rikka o‘xshaydi.
Lekin kattaroq, tukli»,— desa, o‘quvchilar uning shaftoli ekanligini aytadilar. Turli mevalar,
sabzavotlar yoki boshqa narsalar haqida ham ana shunday mashqlarni bajarish mumkin.Yodlash-
kuylashga oid mashqlar uchun quvnoq she’rlardan foydalaniladi. She’r dastlab yod oldiriladi.
O‘quvchilar she’rni yod aytish yoki kuylash davomida mazmuniga muvofiq turli harakatlarni
bajaradilar. Bunday mashqlar uchun namuna tarzida quyidagilarni tavsiya etish mumkin.Bu
she’rni aytish jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchi ko‘rsatmasi bilan o‘rinlaridan turib, o‘ynayotgan
va yerdan tanga topib olgan harakatni bajaradilar. So‘ng tangani chittakka uzatayotganday bir
qo‘llarini oldinga cho‘zib o‘tiradilar.
QARG‘A
Qarg‘a, qarg‘a!
Qor yog‘moqda
Qog‘, qog‘, qog‘.
Qor, qor, qor!
Ko‘ngling nega
Unga ko‘pdan
Chog‘, chog‘, chog‘!
Edim zor.
Bu she’rni yodlagan o‘quvchilarni partalararo ikki guruxga ajratib qo‘yiladi. Guruxlardan
biri bolalar nomidan gapirsalar, ikkinchi guruxdagi o‘quvchilar qarg‘a tilidan gapiradilar. Keyingi
safar bu tartib almashtiriladi.
Qo‘limizda besh barmoq
Bir, ikki, uch,
Maqsadimiz «5» olmoq.
Birlikdadir kuch.
Bu she’rlarni o‘quvchilar barmoqlarini harakatga keltirib aytadilar. Shunga o‘xshash
she’rlarni o‘qituvchining o‘zi tanlashi, o‘quvchilar yoshiga moslab ijod qilishi
mumkin.O‘quvchilarga she’rlarni yodlatish ham ularning diqqatlarini to‘plash vaqtida bajariladi.
Yodlagan she’rlarini yuqoridagi tartibda harakatlar bilan ayttirish ham diqqatni markazlashtirish
maqsadida bajartiriladi. O‘quvchilar diqqatini to‘plash maqsadida she’r yodlatish va ayttirish
ularning nutqini o‘stirish va tasavvurlarini kengaytirishga ham ma’lum darajada hissa qo‘shadi.
O‘quvchilar bu xil mashqlarni o‘yin tarzida zo‘r qiziqish bilan bajarib boradilaru, nutqlari o‘sib,
fikrlari kengayib borayotganligini o‘zlari sezmaydilar.Dars mavzusi va maqsadiga muvofiq
|
| |