|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 476
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
hisoblanadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, bugungi kunda oliy taʼlimni samarali boshqarishga,
uni faqatgina sifat gʼoyasi nuqtai-nazaridan qaralgandagina erishish mumkin. 146
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Тоштемирова C.А. (2020) Таълим сифати самарадорлигини оширишда
инновацион ҒОяларнинг ахамияти. Муаллим ҳәм Үзликсиз билимлендириу, 1(1). 56-61.
2.
Абдурахманова Ж.Н., Тоштемирова С.А. (2020). Инновацион технологиялар
ва ахборот маданиятини шакллантириш педагогиканинг долзарб масалаларидан бири.
Science and Education.1(7). 436-442.
3.
Toshtemirova, С., Жолдасов, И. (2019). Білімді адамгершілікке баулу
идеясының қажеттігі // “Actual problems of society, education, science and technology: status
and prospects of development” collection of scientific papers of the ii international scientific-
practical conference. Актубе. P. 17-23.
4.
Klaus L.A. Quality Progress Sixth Quality in Educftion Listing / Quality Progress/
- 1996/ August. P. 336.
QUYI SINF AQLI ZAIF O‘QUVCHILAR O‘QUV FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI
Sh.M.Amirsaidova
Nizomiy nomidagi TDPU Oligofrenopedagogika kafedrasi dotsenti, p.f.n.
Ixtisoslashtirilgan maktablardagi ta’limning korreksion vazifalaridan biri quyi sinf aqli zaif
o‘quvchilar o‘quv faoliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Shu sababli ixtisoslashtirilgan
maktablardagi ta’limning asosiy, zaruriy xususiyatlaridan biri bolaning nuqsonini tuzatishga
yo‘nalganligida bo‘lsa, ikkinchi xususiyati uning bolaning rivojlanishida o‘ziga xos amalga
oshirilishidadir. Bilish faoliyatlarida nuqsonlar bo‘lganligi sababli aqli zaif o‘quvchilarning
rivojlanishi cheklangan bo‘lib, orqada qoladi. Aqli zaif bola kam rivojlangan emas, balki o‘zgacha
rivojlangan va rivojlanayotgan boladir. Uning rivojlanishi kamchiliklar bilan boradi. Aqli zaif
o‘quvchining bilish faolligi va mustaqilligi birmuncha past bo‘ladi. Bu kamchilik ularning
bevosita hayot qiyinchiliklariga duch kelganlarida namoyon bo‘ladi. Aqli zaif oʻquvchilar oldiga
qoʻyilgan maqsadlarini amalga oshirishda juda qiynaladilar, chunki ular vazifalarning va holatlarni
aniqlay olmaydilar va maqsadsiz oldindan rivojlantirilmagan harakatni amalga oshiradilar.
Aqli zaif o‘quvchilar odatda alohida harakat operatsiyalarini bajarishga qiynaladilar. Ular
harakatni amalga oshirayotganda o‘qituvchining yo‘nalish berish yoki taqlid asosida vazifalarni
bajaradilar. Chunki ularga harakatlarni mustaqil bajarishda qiyinchiliklar tug‘diradilar. Ularda
mantiqiy tafakkurning passivligi sababli narsalarning mohiyatini tushunishga qiynaladilar.
Meyoridagi bolalar ma’lum voqea-xodisalarga e’tibor berib, ular haqida bilim egallasalar, aqli zaif
bolalar bu voqea-xodisalarni sezmasliklari mumkin. Bu holat ixtisoslashtirilgan maktablardagi
ta’lim-tarbiyani qiyinlashtiradi. Shunga qaramasdan ixtisoslashtirilgan maktab ta’limi bu
o‘quvchilarda faollik, mustaqillikni rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. Shuni ta’kidlash
o‘rinliki, aqli zaif bolalardagi buzilgan ruhiy jarayonlar pedagogik ta’sirga yaxshi beriladi. Shu
sababli ixtisoslashtirilgan maktab ta’limida «yaqin orada rivojlanishi mumkin bo‘lgan zona»ga
alohida e’tibor beriladi. Bilimlarni egallash jarayonini tahlil qilar ekanmiz, bilish faoliyatida
qiziqishning o‘rni nihoyatda katta, chunki qiziqishsiz bilimga ongli munosabatni shakllantirib
bo‘lmaydi. Aqli zaif bolalarda bilish qiziqishlarini shakllantirish juda qiyin kechadi. Shunga
qaramay, ularning qiziqishlari bir tomonlama, yuzaki ifodalangan bo‘ladi. Quyi sinflarda o‘yin va
amaliy ishlar ularda ayniqsa jonli qiziqish uyg‘otadi.Aqli zaif o‘quvchilar diqqatlarining tarqoqligi
ularning harakatlarida ham ko‘zga tashlanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan barcha nuqsonlar yangi
146
https://zenodo.org/record/6546217#.Yo9oy2hBxPY
|
| |