|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 485
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Talabalarda qadriyatlar tizimini shakllantirish murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, mazkur
jarayon o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan tarkibiy qismlar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Bunday o‘zaro aloqador qadriyatlar tizimining tarkibiy qismlariga ehtiyoj, qiziqish, motiv, faoliyat
maqsadi, axloqiy ideallar, interiorizatsiya kabilarni kiritish mumkin. Ma'lumki, o‘quvchining turli
ko‘rinishdagi harakati va faoliyatida uning maxsus o‘ziga xos baholash munosabati namoyon
bo‘ladi. Aynan o‘quvchining baholash munosabatlariga ko‘ra yangi qadriyatlarni o‘zlashtirishi
amalga oshiriladi yoki bo‘lmasa avvaldan mavjud bo‘lgan qadriyatlar (masalan, ijtimoiy normalar,
nuqtai nazarlar, qarashlar, fikrlar, qonun-qoidalar) yanada ongda mustahkam lanadi.
O‘quvchilarda qadriyatIar tizimini shakllantirish maqsadga yo‘naltirilgan trening
mashg‘ulotlari, pedagogik-psixologik o‘yinlarni samarali tashkil etishga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Quyida ayrim o‘yin va trening mashg‘ulotlarini keltirib o‘tamiz.
«Qadriyatlar» o‘yini. lshtirokchilarga oltita varaq tarqatilib, mana shu qog‘ozlarga ajdodlar
tajribasida o‘z ifodasini topgan qadriyatli tasavvurlarni ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra yozib
chiqishlari so‘raldi. Keyin varaqlar shunday aralashtirilishi, ya'ni eng qadrli narsa yozilgan varaq
oxirida turishi kerakligi aytildi. Boshlovchi ishtirokchilarga qandaydir hodisa ro‘y berib, birinchi
varaqda yozilgan qadriyatdan mahrum bo‘lganliklarini his qilib ko‘rishlarini taklif etdi. So‘ngra
boshlovchi ishtirokchilardan shu qadriyat yozilgan qog‘ozni g‘ijimlab uloqtirishni va hayotni ana
shu qadriyatsiz tasavvur qilib ko‘rishlarini so‘radi. Shu tariqa har bir qadriyatdan voz kechib
boriladi. Sh'undan so‘ng ishtirokchilarga qadriyatdan ajralayotgan vaqtda qanaqa hissiyot, qanaqa
tuyg‘uni his qilganligini eslash taklif etildi. Keyin boshlovchi mo‘jiza ro‘y berib, qadriyatlarni
birma-bir qaytarish imkoniyati tug‘ilganligini e'lon qiladi va talabalar g‘ijimlangan qog‘ozlarni
birma-bir qaytarib oldilar. So‘ng ishtirokchilardan qadriyatlarni yo‘qotilgan vaqtdagi holati va
g‘ijimlangan qog‘ozlarga yozilgan holatini solishtirib, yo‘qotilgan paytdagi qadriyatli
tasavvurlarni hozir ham xuddi shunday qadr-qimmatga egami yoki yo‘qmi ekanligini so‘raydi.
Guruh a'zolaridan ba'zilari qadriyatlarni ahamiyatiga ko‘ra o‘rinlarini almashtirganliklarini ham
ma'lum qilishadi. Mashg‘ulot so‘nggida boshlovchi natijalarni muhokama qilib, xulosalami bayon
etdi.
XULOSA
Hech bir odam jamiyatdan ayri holda yashay olmaydi. Jamiyat a’zolari turli shart-sharoitlar
taqazosi bilan turfa munosabatlarga kirishadilar. Mazkur munosabatlarning salmoqli qismi esa ish,
mehnat jarayoniga to‘g‘ri keladi. Oliy o‘quv yurtini bitirgan mutaxassis mehnat bozoriga kirib
borar ekan, uning munosib ishga ega bo‘lishi, ko‘zlagan karyerasiga erishishi uchun ta’lim
muassasasida olgan bilimlari kifoya qiladimi? Albattaki, yo‘q! Buning boisi shundaki, ta’lim
muassasasida o‘tilayotgan fanlardagi bilimlar muayyan faktlar, ma’lumotlar bazasini o‘zlashtirish
va ularni tahlil etish natijasida olinadi. Biroq ularda shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish masalalari to‘liq qamrab olinmaydi. Holbuki, bugungi globallashgan va bozor
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda ish beruvchilar ishga olayotgan insonlarning ular qay darajada
shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olishlariga e’tibor qaratmoqdalar. Ular aynan shu
xususiyat orqali kompaniyasi rivojlanishi, mijozlar ishonchini oqlash va ular sonining
ko‘payishiga erishish mumkinligini yaxshi biladilar.
Amerikalik faylasuf va pedagog J.Dyuining aytishicha, talabalar muayyan muammo bilan
shug‘ullana boshlasalargina ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. “O‘quv jarayonining
boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga tegishli eng muhim savol bu
hodisa qanday muammoni vujudga keltirishini anglatadigan savoldir”. “Faqatgina muayyan
muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini
izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan ham fikrlaydi”
Boshqaruv masalalari qadim zamonlardan beri rivojlanib kelmoqda. Komil inson tarbiyasi
esa bevosita ta’lim tizimi, ta’lim bosqichlari bilan uzviy bog‘liq jarayondir.
|
| |