|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 481
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
konsultantdir. U talabaning kuchli taraflarini, zaxiradagi qobiliyatlarini yuzaga chiqarib,
kamchiliklari ustida ishlashni o‘rgatadi.
— Tyutor — talabalarning shaxsiy rivojlanishiga, universitet, respublika va xalqaro
miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga, shuningdek, ularning bo‘sh
vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga ko‘maklashuvchi inson bo‘lib, u yigit-qizlarni kasbga
yo‘naltirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy to‘garaklarga jalb etish hamda
muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topish bilan shug‘ullanadi.
— Tyutorlar ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy-tarbiya, o‘quv va o‘quv-uslubiy hamda ilm-fan,
innovatsion va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida o‘z faoliyatini olib boradi.
— Har bir tyutor o‘ziga biriktirilgan guruh talabalarini besh muhim tashabbus doirasida
tashkil etilgan klub va to‘garaklarga jalb etib boradi hamda ularning ijodiy qobiliyati va iste’dodini
namoyon etishi uchun imkon yaratadi. Talabalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya
qiladi, ularning ta’lim olishi, ilm bilan shug‘ullanishi, yashashi va dam olishi uchun sharoitlar
yaratishga ko‘maklashadi va bu boradagi yangiliklardan xabardor qilib boradi.
Shuningdek, yigit-qizlarning o‘quv intizomini mustahkamlash, ularda ijodiy fikrlash,
halollik, to‘g‘ri so‘zlik kabi xislatlarni shakllantirish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yadi.
Iqtidorli va iste’dodli talabalarni aniqlab, ularning turli tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok
etishiga hamda talabalarning loyiha va startaplarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, talabalarning darslarni o‘zlashtirish darajasini nazorat qilib boradi,
ularning innovatsion ta’lim texnologiyalari va o‘quv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan
ta’minlash va ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishi uchun zamin yaratadi.
Shu bilan birga tyutorlar talabalarni o‘ylantiradigan qator masalalar, xususan, talabalarni
turar joy bilan ta’minlash, qoldirilgan darslarni o‘zlashtirishiga yordam berib boradi.
— Har bir tyutor o‘ziga biriktilgan akademik guruhlarning darslarini, talaba davomatini va
dars sifatining monitoringini olib borish maqsadida kuzatish, talabalarga yuklatilgan
majburiyatlarning bajarilishini talab qilish, TTJga joylashishi uchun e’lon berish va bu boradagi
komissiya yig‘ilishida talabaning ishtirokini ta’minlash,talabaga tavsifnoma va akademik ta’til
berish masalasini hal qilishda ishtirok etish, ularni rag‘batlantirilishi yoki jazolanishi, turli
stipendiyalarga tavsiya qilishda xulosa va fikrnoma berish huquqiga ega.
Shuningdek, har bir tyutor talabalarning sha’ni va qadr-qimmatini, obro‘sini hurmat qilish,
ularning jismoniy, ruhiy va psixologik holatidan muntazam xabardor bo‘lish, o‘quv, ma’naviy va
ilmiy faoliyatini monitoring qilib borish, yigit-qizlarning darslarda ishtirokini nazorat qilish,
yoshlarning ota-onalari va o‘zi bilan doimiy muloqot qilib borishga majburdir.
Tyutor har bir talabaga ularning oliygohdagi tahsili davomida yelkadosh malahatchi, ustoz
bo‘lishi zarurligi alohida uqtirildi. Xalqimiz topib e’tirof etganidek, ota-ona farzandni dunyoga
keltiruvchi va unga shu dunyo moʻjizalarini ko‘rsatuvchi zotlar bo‘lsa, ustoz uni fikran ulug‘likka
eltuvchi, komillik sari yetaklovchi va shu asnoda ikki dunyo saodatidan bahramand etguvchi
zotdir. Bugun yurtimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning zamirida
o‘qituvchining, tom ma’noda, ustoz darajasiga ko‘tarilishi, shu mavqeni doimiy saqlab qolishi,
dunyoga bo‘ylasha oladigan shogirdlar tayyorlashi va buning uchun uning o‘zi ham tinimsiz o‘z
ustida ishlashi va, ayni paytda, davlat, jamiyat hayotida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarning
tashabbuskori, targ‘ibotchisi, amaliyotchisi bo‘lishi zarurligi nazarda tutilmoqda. Zero, bu zalvarli
vazifalarni uddalash mas’uliyati fan o‘qituvchisi bilan teng mavqeda turgan tyutorlarimizga ham
tegishlidir.
|
| |