|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 475
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
Shu bilan birgalikda, V.N. Malьkovaning fikriga koʼra “taʼlim sifati – o‘quvchining mavjud
ijtimoiy sharoitlarga moslashishini ifodalovchi munosabatlar tizimi”, degan qarashni bildiradi.
Bizning fikrimizcha, taʼlim sifatida shaxs, jamiyat hamda davlat manfaatlari uygʼunligi
taʼminlanishi muhim jihat hisoblanib shaxs manfaatlari ustun ahamiyat kasbetadi va natijada
qolgan manfaatlarni “koʼrinmas qoʼl” orqali roʼyobga chiqishiga olib keladi. Xorij tajribasiga
koʼra Oliy taʼlim muassasalari, univesitetlar oʼquv rejalari, moddiy-texnik baʼzasi, ilmiy-metodik
yondoshuvlari, kadrlarlarining salohiyati va boshqaruv strukturasi asosida shaxs, jamiyat va davlat
tomonidan qoʼyiladigan muayyan talablarga muvofiqligini hisobga olgan holda taʼlim sifatini
kafolatlashi va baholash tizimini ishlab chiqishi zarur. F.Weining ilmiy qarashlariga
koʼra,universitetning boshqaruvi murakkab jarayon boʼlib, oʼzaro bir-biriga bogʼliq vazifalarni
amalga oshirishdan iborat.Boshqaruvning sifati, oliy taʼlimning rivojlanishi va milliy oliy
taʼlimning muvafaqiyatlarioʼzaro toʼgʼri bogʼliqlikka ega. Universitetlar sifatli oʼqitishning yangi
metodlarini izlashi va ularga moslashuvchanligini taʼminlashi zarur.
Taʼlim sifatini taʼminlashning "frantsuz modeli" va “amerika modeli” lariga koʼra taʼlim
muassasalari va taʼlim dasturlarini akkreditatsiya qilishni talab etadi. Аmerikada taʼlim sifatini
aniqlashda akkreditatsiya tizimi taʼlim sifatini nazorat qilish asosida taʼlimini rivojlantirishga
yoʼnaltiradi va quyidagi asosiy vazifalari amalga oshiradi:
zamonaviy mezonlari va tamoyillarini ishlab chiqish;
- uzluksiz nazoratni amalga oshirish va rejalashtirish orqali taʼlim muassasalarining
rivojlanishini ragʼbatlantirish va taʼlim dasturlarini takomillashtirish;
- Xususiy Oliy taʼlim muassasalarni shakllantirish va rivojlantirishda zamonaviy taʼlim
dasturlarini ihlab chiqarishda koʼmaklashish;
- taʼlim muassasalarida taʼlim faoliyatini kengaytirishga va akademik erkinliklarini
oshirishga koʼmaklashish. Tahlil va natijalar Oliy taʼlimda sifatni taʼminlash subʼektlarning oʼzaro
hamkorligida amalga oshadigan mexanizmdan iborat.
Bunada universitetlar jamiyatga, ish beruvchilarga, talabalarga va bir-birlariga oʼzaro
maʼsuliyat va majburiyatga, javobgarlikka ega hisoblanadi. Javobgarlik faqat moliyaviy emas
balki, universitetlar yangi bilimlarni yaratish, bilimlarni tarqatish, madaniy merosni himoya qilish,
asrash kabi vazifalarni amalga oshishni ham nazarda tutishi lozim (1-rasm).
Oliy taʼlim tizimida rahbar kadrlarni tayyorlashning yangi tizimi ishlab chiqish, undagi
oʼqitish sifati va samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Аyni shu maqsadda oliy taʼlim
tizimi sifatini oshirish maqsadida tayyorlangan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq
professional kadrlar tayyorlash tizimini butunlay oʼzgartirish va zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy
yoʼlga burish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirish, uni yanada takomillashtirish dolzarb
|
| |