|
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatiniBog'liq ЖДПУ Мактаб менежменти 06 12 22 Анжуман тўплам 472
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA TA’LIM SIFATIGA TA’SIR ETUVCHI
OMILLAR
Nizamova Shoira Isamiddinovna
Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti
“Ta’lim menejmenti” kafedrasi dotsenti
Fan va texnikaning jadal rivojlanishi mustaqil mamlakatimizda sanoat va qishloq xo‘jaligi
qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubormoqda. Hozirgi zamon ishlab chiqarishidagi ko‘pgina kasblar
faqat ma’lumotli kishilargina emas, yuksak rivojlangan, ijodiy qobiliyatga ega mustakil fikrlay
oladigan kasb egalarini jalb qilishni talab qilmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan uzluksiz
ta’lim tizimining islohotlari ilmiy asoslangan yangi tizimning shakllanishini va boshqaruvda
xamkorlikni keng yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda ta’lim sifati va bozor talablari o‘rtasida yuzaga kelayotgan
nomutanosiblikni quyidagilarda ko‘rish mumkin:
•tashkil etiladigan ta’lim xizmatlarining bozor talablariga mos kelmasligi;
•mijoz bilan ta’lim xizmatlari turlarini o‘zaro bog‘lanmaganligi;
•mijoz va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikka e’tibor berilmasligi;
•ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik muttasil tashkil etilmasligi.
Ta’lim sifatini oshirish, fan va texnologiyaning eng so‘ngi yutuqlarini amaliyotga joriy etish
asosida ijodkor, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, tashabbuskor va tadbirkor, o‘z
javobgarligini his etadigan rahbarlarni tayyorlash kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda
tutiladi. Bu o‘z navbatida ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni
taqozo etadi. Ularni qo‘llash, avvalo, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirishni talab
etadi. Chunki, uni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday texnologiya kutilgan natijani
bermaydi.
R.X.Jo‘raev va S.T.Turg‘unovlarning fikricha, ta’lim menejmentining asosiy maqsadi
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali
boshqarishni ta’minlashdan iborat.
Ta’lim menejmentining funksiyalarini bajarish va maqsadga erishish metodlari L.I.Fishman,
V.S.Bezrukova, V.A.Kalney, T.D.Makarovalarning ishlarida alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Xorijiy olimlardan B.Burkhalter, B.Crumrine, J.Hackman, G.Kanji va boshqalarning
tadqiqotlarida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarish, ta’lim sifati va samaradorligini
ta’minlash borasida yalpi sifat menejmenti tamoyillari va texnologiyalarini joriy etish masalalari
o‘rganilgan.
Ta’lim sifatini boshqarish ta’limni boshqarishning umumiy tuzilmasi tarkibiga kiradi va
uning samaradorligi ta’limning umumiy boshqaruvini sezilarli darajada oshishini ta’minlashi
mumkin bo‘lgan tuzilma hisoblanadi. Shuning uchun ham ta’lim sifati menejmenti ta’lim
tizimidagi boshqaruv faoliyatining mavjud nazariyasi va amaliyotini muhim elementlar bilan
to‘ldiradi va samarali natijaviyligini ta’minlaydi.
A.Voronin tomonidan ta’lim sifati – jamiyatda ta’lim jarayonining holati va natijasini,
shaxsning fuqarolik, hayotiy va kasbiy kompetensiyalarining rivojlanishi hamda shakllanish
ehtiyojlari va umidlariga muvofiqligini aniqlovchi kategoriya tarzida talqin qilingan.
Ye.Dombrovskaya ta’lim sifatini ta’limning Davlat ta’lim standartlari, tegishli ta’lim
dasturining o‘quv-dasturiy hujjatlari talablariga muvofiqligi, deb e’tirof etadi.
Ta’lim sifatiga inson ehtiyoji hamda jamiyat va davlat manfaatlarini qondiruvchi
xususiyatlar yig‘indisi sifatida qaralganligini ko‘rsatadi.
N.Selezneva, A.Subettolar ta’lim sifatini boshqarish – ta’limdagi barcha ob’ekt va
jarayonlarning sifatini boshqarishdir, deb ta’kidlasa,
O.Nazarova ta’lim sifatini boshqarishni bilim sifati va ma’lumotlilik darajasining oshishiga
olib keluvchi jarayonlar, muolaja va amaliyotlarni boshqarish, deb e’tirof etadi.
|
| |