467
“Ta’lim muassasalarida boshqaruv va o‘quv sifatini
takomillashtirish muammolari” – respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
06.12.2022
TA’LIM SIFATINI OSHIRISHGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR TAVSIFI VA
TASNIFI
Xatamov Azizbek Yaxraqulovich
Jizzax Politexnika instituti, “Muhandislik va kompyuter grafikasi”
kafedrasi dotsenti v.b.
Hozirgi paytda jahonning barcha ta’lim tizimida quyidagi uch tayanch tushuncha asosida
oliy ta’lim sifatiga yondashiladi:
1) sifatli o‘quv va ilmiy faoliyatni olib borish uchun oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan
shart-sharoitlar;
2) o‘quv jarayoni:
3) sifatni ta’minlash tizimining amaldagi asosiy hamda boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan
ta’lim natijasi (qoldiq bilim).
Oliy ta’lim muassasalari o‘quv faoliyatining sifati o‘quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga
oshirish, o‘quv reja, dasturlarining mazmun-mohiyati bilan emas,
balki talabalarning olgan
bilimlari, malaka va ko‘nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog‘liq ta’lim natijasi
sifati bilan belgilanmoqda.
Ta’lim sifati ijtimoiy kategoriya hisoblanib, jamiyatda ta’lim jarayonining holati va
natijasini hamda shaxsning kasbiy, maishiy va fuqarolik kompetentligining
shakllanishi hamda
rivojlanishini jamiyat talabi va ehtiyojiga mos kelishini aniqlaydi.
Ta’lim sifati ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiyaviy faoliyatining turli qirralarini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar majmui orqali baholanadi. Ushbu ko‘rsatkichlarga ta’lim oluvchilar
kompetentligining rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim mazmuni, o‘qitish shakli va uslublari,
moddiy-texnik baza, xodimlar tarkibi kabilar kiradi [1].
Oliy ta’limda ta’lim sifati ta’lim modelining ko‘rsatkichlari,
institutsional maqsad va
vazifalari hamda ta’lim tizimining aniq standartlari, ta’lim muassasalari, o‘quv dasturlari va fanlari
bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p qirrali dinamik tushunchadir.
Shunday qilib, mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda oliy ta’lim
sifatining roli muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilishda unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni
tizimlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Rus olimi Ye.L.Popova ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini quyidagi bloklarga ajratadi:
1) o‘qituvchilar tarkibining sifati; 2) o‘quv yurtining moddiy-texnika bazasi;
3) o‘qituvchilarning motivatsiyasi; 4) o‘quv dasturlarining sifati;
5) talaba sifati; 6) infrastruktura sifati; 7) bilim sifati; 8) rahbariyatning innovatsion faoliyati;
9) jarayonli innovatsiyalarning joriy etilishi; 10) bitiruvchilarning
talabchanligi; 11) mehnat
bozorida bitiruvchilarning raqobatbardoshligi; 12) bitiruvchilarning erishgan yutuqlari.
TEMPUS loyihasi doirasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra (JizPI
misolida) ta’lim sifatiga quyidagi omillar ta’sir etishi aniqlandi:
1. O‘quv dasturlarining mazmuni; 2.Professor-o‘qituvchilar tarkibining kvalifikatsiyasi; 3.
Ta’lim texnologiyasi; 4. Ta’lim berish infratuzilmasi (elektron kutubxona kompyuter texnikasi va
boshqalar).
Tadqiqot o‘tkazish davomida shu narsa ayon bo‘ldiki, ta’lim sifatidagi ta’sir qiluvchi
omillarni uchta kategoriyaga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Ta’lim sifati
faqat ta’lim jarayoniga qatnashuvchilarning faqat bittasiga, masalan, OTMga bog‘liq emas. Ta’lim
sifati boshqariladigan va boshqarilmaydigan majmuaviy omillarga bog‘liq bo‘lgan jarayon
hisoblanadi. Boshqariladigan omillarni
tizimli tahlil qilishda, fikrimizcha, ta’lim jarayonida
qatnashadigan resurslar va ulardan samarali foydalanishni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim
jarayonida qatnashuvchilarni quyidagi to‘rtta kategoriyaga ajratish mumkin: Bular: 1) OTM va
uning rahbariyati; 2) professor-o‘qituvchilar (akademikliderlar);3)g‘alabalar; 4) iste’molchilar [2].