|
Fan bo`yicha talabalarniig bilimiga, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar
|
bet | 3/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 109,68 Kb. | | #240326 |
Bog'liq Мустакил таълимFan bo`yicha talabalarniig bilimiga, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar
“Avtomobil yo`llari va ShKHXTEB” o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-yo`l harakatini tashkil etish to`g`risidagi asosiy tushunchalarni, «Avtomobil-haydovchi-yo`l-piyoda-muxit» tizimining o`zaro bog`liqligini, transport oqimining yo`l sharoitiga, jadalligiga nisbatan tezligini o`zgarishini, yo`l-transport hodisalari (YTH) va ularning ko`rsatkichlari haqida tasavvurga ega bo`lishi;
-yo`l harakatini tashkil etish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va halqaro me`yoriy hujjatlarni, YTH tahlil qilish va tadbirlar ishlab chiqishni, YTH natijasida vujudga keluvchi zararni baholashni, harakatni tashkil etishda svetaforlardan foydalanishni, yo`l mintaqasida ekologik holatni yaxshilash bo`yicha tadbirlarni,chorrahalarda xavfsiz harakatni tartibga solishning amaliy tadbirlarini, rejadagi kichik radiusli egriliklarda xavfsiz harakatni tartibga solishning amaliy tadbirlarini, harakatni boshqarishning texnik vositalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
-yo`l sharoitini tavsiflovchi ko`rsatkichlar va ularning harakat xavfsizligiga ta`siri, harakatlanish uchun xavfli yo`l bo`laklarini aniqlash usullari, yo`l elementlarining faol, sust, halokatdan keyingi va ekologik xavfsizligi ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;
-harakatni boshqarishning texnik vositalarini o`rnatish bo`yicha, har xil yo`l sharoitlarida yo`l belgilarini qo`llash va ular yordamida harakatni tashkil etish, yo`l belgi chiziqlari yordamida harakatni tashkil etish, yo`l to`siqlari va yo`naltiruvchi qurilmalarni qo`llash, yo`l harakatini tashkil etishning uslubiy asoslari va amaliy tadbirlar kompetensiyalariga ega bo`lishi lozim.
Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma- ketligi
«Avtomobil yo`llari va ShKHXTEB» fani - asosiy mutaxassislik fani hisoblanib, 8 semestrda o`qitiladi. Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika, kimyo), umumkasbiy (qurilish mexanikasi, gruntlar mexanikasi, qurilish materiallari, muhandislik geodeziyasi, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash, gidravlika, gidrologiya va gidrometriya, yo`l qurilish mashinalari) va ixtisoslik (avtomobil yo`llarini qurish va ekspluatatsiyasi, aloqa yo`llari, yo`l qurilish materiallari) fanlaridan etarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlik talab etiladi.
|
| |