• Ilmiy maqola, tezislar va ma`ruzalar tayyorlash.
  • 1-bosqich
  • Mavzu bo`yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash




    Download 109,68 Kb.
    bet7/12
    Sana17.05.2024
    Hajmi109,68 Kb.
    #240326
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Мустакил таълим

    Mavzu bo`yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
    Talabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo`yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo`lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo`ladigan savollar tuzish vazifasi topshiriladi.
    Bunda o`qituvchi tomonidan talabaga testga qo`yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko`zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo`yicha yo`l-yo`riq beriladi.
    Ilmiy maqola, tezislar va ma`ruzalar tayyorlash.
    Talabaga biron-bir mavzu bo`yicha (mavzuni talabaning o`zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma`ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o`quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to`playdi va bular asosida ilmiy maqola va ma`ruza tezislari tayyorlaydi.
    Talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalari ham talabalar mustaqil ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra professor-o`qituvchilari talabalar ilmiy-nazariy konferensiyasini tashkil etish orqali o`z ishini guruhning kasbiy yo`naltirilganligini, a`zolarining yosh tarkibini, qiziqishlarini hisobga olib, tabaqalashgan holda tashkil qilishi kerak. Faqat shu holdagina talabalarning konferensiyani o`tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta`minlanadi. Talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini bosqichma-bosqich o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Avtomobil yo`llarini loyixalash fani bo`yicha talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
    1-bosqich - fan o`qitilayotgan barcha o`quv guruhlarida konferensiyalarni o`tkazish;
    2-bosqich - har bir guruhda tanlab olingan talabalarning eng yaxshi ma`ruzalarini fakultet va fakultetlararo konferensiyaga taqdim etish va o`tkazish;
    3-bosqich - fakultetlararo konferensiyada tanlab olingan eng yaxshi ma`ruzalarni umum institut ilmiy-amaliy konferensiyasiga taqdim etish.
    Butun guruhlar uchun yagona bo`lgan konferensiya mavzusini tasdiqlab, talabalarning ma`ruza va chiqishlarini guruhlarning qiziqishlariga qarab ixtisoslashtirish mumkin.

    Download 109,68 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 109,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu bo`yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash

    Download 109,68 Kb.