|
O`quv fanining maqsad va vazifalari
|
bet | 2/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 109,68 Kb. | | #240326 |
Bog'liq Мустакил таълимO`quv fanining maqsad va vazifalari
Oliy ta`limning Davlat umum ta`lim standartlariga muvofiq bakalavr tayyorlashda fanning asosiy maqsadi qo`yidagidan iborat:
5340800 - Avtomobil yo`llari va aerodromlar va 5340600 “Transport inshootlari ekspluatatsiyasi” yo`nalishida ta`lim olayotgan talabalarga, ular tanlagan kasblarining mohiyatini ochib berish, kasbning xususiyatlari bilan tanishtirish va qiziqishlarini yanada chuqurlashtirishdan iborat bo`lib, yo`llarda tashishlarni tashkil etishda va harakat xavfsizligini ta`minlashda aloqa yo`llarining, undagi texnologik qurilmalarning ahamiyatini belgilash bo`yicha mos bilim, ko`nikma va malakani shakllantirishdir.
“Avtomobil yo`llari va ShKHXTEB” fani talabalarni avtomobil yo`llarining kishilar hayotida tutgan o`rni, yo`l va transportning o`zaro bog`liqligi va ahamiyati bilan tanishtirib, ularga yo`l transport komunikatsiyalarining serqirraligini tushinish imkonini beradi.
“Avtomobil yo`llari va ShKHXTEB” fanining vazifasi talabalarga bo`lajak kasblari ahamiyatini chuqurroq anglash, ularda o`z kasblari to`g`risida keng tasavvur hosil qilishlari va tanlagan kasblarining istiqbolli hamda kelajakdagi porloq ekanligi to`g`risida ishonchni mustaxkamlashdan iborat.
Fan bo`yicha talabalarning bilim, o`quv va ko`nikmasiga qo`yiladigan talablar
“Avtomobil yo`llari va ShKHXTEB” fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
“Avtomobil yo`llari va shahar ko`chalarida harakat xavfsizligini tashkil etish va boshqarish” fanini o`qitishdan maqsadi –har xil transport vositalarini yuqori tezlik bilan yo`lning turli bo`lagidan yilning har qanday ob-havo sharoitlarida xavfsiz o`tkazish, shuningdek, fanning nazariy asoslarini talabalarga o`rgatish, hamda shunga mos bilim, ko`nikma va malaka, kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi – transport vositalarining harakatlanish tartibini belgilash, avtomobillarning yuqori samaradorlik (optimal tezlik) bilan ishlashini har qanday yo`l va ko`cha sharoitida ta`minlash, harakat xavfsizligini yo`lning har qanday bo`lagida va turli ob-havo sharoitlarida ta`minlash, atrof - muhitni bulg`atmaslik, uslublarini va innovatsion ishlanmalarniqo`llashni o`rgatish va amaliyotga joriy qilishdan iborat.
|
| |