|
Mustaqil ta`limni bajarish tartibi
|
bet | 4/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 109,68 Kb. | | #240326 |
Bog'liq Мустакил таълим1. Mustaqil ta`limni bajarish tartibi
Mutaqil ishni bajarish tartibi kunduzgi bo`lim talabalari uchun soatlar taqsimoti 8 semestrga mo`ljallangan bo`lib 58 soat:
Talaba mustaqil ishi (TMI) – muayyan fandan o`quv dasturlarida belgilangan bilim, ko`nikma va malakaning ma`lum bir qismini talaba tomonidan fan o`qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqari o`zlashtirilishiga yo`naltirilgan tizimli faoliyatidir.
Mazkur uslubiy ko`rsatma O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli «Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to`g`risida»gi buyrug`i bilan tasdiqlangan «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish» bo`yicha yo`riqnoma, 2009 yil 7 avgustdagi 276–sonli buyrug`i bilan amalga kiritilgan “Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to`g`risida Nizom”ga ko`ra hamda JizPI ilmiy uslubiy kengashining 2021 yil 28 avgustdagi 1-bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Avtomobil yo`llari va shahar ko`chalarida harakat xavfsizligini tashkil etish va boshqarish» fani bo`yicha Ishchi o`quv dasturi asosida ishlab chiqilgan.
“Avtomobil yo`llari va ShKHXTEB” fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo`yicha tayyorlangan ushbu uslubiy ko`rsatma “Avtomobil yo`llari va aerodromlar” va “Transport inshootlari ekspluatatsiyasi” yo`nalishi 4-kurs talabalarining mazkur fandan mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Mustaqil ish talabalarning mustaqil faolligi hamda tegishli professor-o`qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o`quv rejada semestrlar bo`yicha belgilangan soatlar hajmiga ko`ra amalga oshiriladi. “Avtomobil yo`llari va aerodromlar” va “Transport inshootlari ekspluatatsiyasi” yo`nalishi uchun “Avtomobil yo`llari va ShKHXTEB” fani bo`yicha mustaqil ishlarning umumiy hajmi o`quv rejada 36 soat miqdorida belgilangan.
Mazkur uslubiy ko`rsatmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo`lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo`yicha maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan.
|
| |