|
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari
|
bet | 8/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 109,68 Kb. | | #240326 |
Bog'liq Мустакил таълим3.Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish» bo`yicha yo`riqnomada belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
1. Talabalar mustaqil ishlarini ikki ko`rinishda - auditoriyada va auditoriyadan tashqarida tashkil etish.
2. Talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya`ni bosqichma-bosqich, oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta`minlash.
3. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi muhim jihatlarga e`tibor qaratish:
talabaning o`qish bosqichi;
muayyan fanning o`ziga xos xususiyati, o`zlashtirishdagi qiyinchilik darajasiga;
talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasiga;
fanning axborot manbalari bilan ta`minlanganlik darajasiga;
talabaning axborot manbalaribilan ishlay olish darajasiga;
mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o`tish bilan shakl va hajm jihatidan o`zgarib borishiga;
mustaqil ish fan xususiyati hamda talabaning akademik o`zlashtirish darajasiga va qobiliyatiga mos holda tashkil etish.
4.Mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo`lgan vazifalar
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalarni bajarishlari lozim:
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o`zlashtirish ko`nikmalariga ega bo`lish;
zarur ma`lumotlarni izlab topish uchun qulay usullarni va vositalarni aniqlash;
axborot manbalaridan samarali foydalanish;
an`anaviy o`quv va ilmiy adabiyotlar hamda me`yoriy xujjatlar bilan ishlash;
elektron o`quv va ilmiy adabiyotlar va ma`lumotlar banki bilan ishlash;
Internet tarmog`idan maqsadli foydalanish;
ma`lumotlar bazasini tahlil etish;
ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;
topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;
ishlab chiqilgan echim, loyiha yoki g`oyani asoslash va mutaxassislar davrasida himoya qilish.
|
| |