|
Talabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari
|
bet | 5/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 109,68 Kb. | | #240326 |
Bog'liq Мустакил таълим2.Talabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari
“Avtomobil yo`llari va ShKHXTEB” fani bo`yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish ularda iqtisodiy bilim, dunyoqarash, ijtimoiy faollik va mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o`z ichiga oladi. U o`quv rejasi va fanlar dasturlarida ko`zda tutilgan zarur bilimlar va ko`nikmalarning talabalar tomonidan oqilona, kam vaqt va kuch sarflab o`zlashtirilishini ta`minlaydi.
Fanni o`qitish jarayonini takomillashtirish, talabaning qiziqishlarini, anglash faolligini va mustaqil ishlarini rivojlantirish yo`nalishida boradi, bunda ijodiy fikrlash, mustaqil o`qish, ko`nikma va layoqatlari shakllanadi.
Talaba mustaqil ishi - muayyan fandan o`quv dasturida belgilangan bilim, ko`nikma va malakaning ma`lum bir qismini talaba tomonidan fan o`qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o`zlashtirishiga yo`naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad - «Transport vositalari muhandisligi» kafedrasi professor-o`qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz o`rganishini tashkil etish, olingan bilim va ko`nikmalarni yanada mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko`rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirish hamda ushbu tariqa institutda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan–semestrga ko`nikmalar hosil bo`lishiga muvofiq ravishda o`zgarib, oshib borishi lozim.
“Avtomobil yo`llari va ShKHXTEB” fani bo`yicha talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o`zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
fanning ayrim mavzularini yangi o`quv adabiyotlari yordamida mustaqil o`zlashtirish, o`quv manbalari bilan ishlash;
seminar mashg`ulotlariga tayyorgarlik ko`rib borish;
belgilangan mavzular bo`yicha referat tayyorlash;
testlar echish;
amaliyotdagi mavjud muammoning echimini topish bo`yicha keyslar echish;
munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko`rish;
talabalarning ilmiy jamiyatlari va to`garaklarida ishtirok etish;
ko`rgazmali vositalar tayyorlash;
hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
ilmiy maqola, tezislar va ma`ruza matnlarini tayyorlash;
“talaba-o`qituvchi-kutubxona” kunida fan bo`yicha yangi o`quv adabiyotlari sharhini o`qituvchi bilan hamkorlikda tayyorlash;
axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo`yicha nazariy, amaliy va statistik ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish;
belgilangan mavzular bo`yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida taqdimot materiallari tayyorlash;
talabalar yotoqxonasidagi ma`naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o`qish jarayonlarida ishtirok etish;
fakultativlar va maxsus seminarlar ishlarida ishtirok etish;
kafedralar va fakultetlarning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok etish va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishi ta`lim va tarbiyaning shunday vazifalariga bo`ysundirilganki, butun o`quv jarayoni to`laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o`zlashtirish va ularda iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi.
|
| |