• Birikma detallari joizlik maydonlarining joylashishi.
  • 2-rasm.
  • Joizliklar va o'tqazishlarni tanlash prinspi reja: joizlik va ōtqazishlarning yagona tizimi (JŌyat) haqida tushuncha




    Download 1,89 Mb.
    bet4/9
    Sana13.02.2024
    Hajmi1,89 Mb.
    #155378
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    JOIZLIKLAR VA O\'TQAZISHLARNI TANLASH PRINSPI

    Tizim asosi. Standartda ikki xil teng xuquqli o‘tqazishlar tizimi belgilangan: teshik va val tizimlari.
    Bu tizimlarni tushintirishdan avval asosiy teshik va asosiy val tushunchalarini ko‘rib chiqaylik.
    Asosiy teshik deb, quyi og'ishi nolga teng bo‘lgan teshikka aytiladi. Asosiy teshik H harfi bilan belgilanadi (1-rasm, a).
    Yuqori og‘ishi nolga teng bo`lgan val asosiy val deb ataladi. Asosiy val h harfi bilan belgilanadi (1 -rasm, b).

    1-rasm. Asosiy teshik hamda asosiy val joizlik maydonlarining joylashish sxemalari.

    Asosiy teshikning joizlik maydoni nol chizig‘idan boshlanib, uning yuqorisida joylashgan bo`ladi. Asosiy valniki esa, nol chizig‘idan boshlanib uning pastida joylashadi.


    Birikma detallari joizlik maydonlarining joylashishi. Teshik tizimiga mansub o‘tqazishlarda har xil tirqishlar va tarangliklar vallarning joizlik maydonlari joylashishini o‘zgartirish orqali hosil qilinadi (2-rasm, a). Val tizimida esa, har xil o'tqazishlar teshik joizlik maydonlari joylashishini o‘zgartirish tufayli hosil qilinadi (2-rasm, b).
    Birikmalarni loyihalashda va ishlab chiqarishda asosan teshik tizimi qo'llaniladi. Chunki bu tizimda ishlashda o`lchamlari jihatidan kam sonli teshiklar hosil qilinadi. Ma`lumki, detallarda o`lchamlari aniq bo‘lgan teshiklar hosil qilish uchun kesuvchi asboblar nomenklaturasi xilma-xil (parma, zenker, razvyortka, protyajka va h.k.) bo`lish kerak. Shu nuqtai nazardan juda ko‘p hollarda teshik tizimi qo‘llaniladi. Ammo faqat teshik tizimi asosida turli oktqazishlarni bajarish har qanday mashina uchun ham mumkin bo'lavermaydi, ba‘zi hollarda esa bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Masalan, dumalanish podshipniklarining tashqi xalqasi korpusga va ichki xalqasini valga o‘tqazish val tizimida amalga oshiriladi.



    2-rasm. Teshik hamdaval tizimlarida birikma detallarining joylashish sxemalari:
    a) teshik tizimida; b) val tizimida.

    Joizlik birligi. Joizlik birligi (i) joizliklar tizimini tuzish uchun asos hisoblanadi. Juda ko‘p O‘tkazilgan tadqiqotlar mexani ishlov berish aniqligi detalning diametri (o`lchamiga) bog`liqligini ko'rsatadi. Shunga ko‘ra o`lchami 500 mm gacha bo`lgan metaldan tayyorlangan detallar uchun ISO va JO‘YaT da joizlik birligi formulasi qabul qilingan:



    Bunda: D - har qaysi interval chetki o`lcharnlarining o'rtacha geomertik miqdori;


    (D1 va D2 - intervalning chetki diametrlari);
    0,001 Dm - o`lchash xatoligi va harorat tufayli hosil bo`lgan xatolikni hisobga oluvchi had.
    Istalgan kvalitet joizligi i ga ko'ra aniqlanadi:

    bunda a -joizlik birligi soni ( aniqlik koeffitsienti).

    Download 1,89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Joizliklar va o'tqazishlarni tanlash prinspi reja: joizlik va ōtqazishlarning yagona tizimi (JŌyat) haqida tushuncha

    Download 1,89 Mb.