JOURNAL
OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 7 (November) ISSN: 2181-3000
Page 6/14
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI
OʻQITISHDA ZAMONAVIY TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH
Rustamov Jamshid Ergashevich
SamISI, “Axborot texnologiyalari”
kafedrasi dotsenti v.b., PhD
Annotatsiya:
Ushbu maqola ta’limda zamonaviy vositalardan foydalanish,
oʻqitishning zamonaviy texnik vositalaridan uzluksiz ta’lim tizimida qanday
foydalanish mumkin, degan masala bugungi kunda dolzarbligi haqida.
Kalit soʻzlar:
texnik vositalar, uzluksiz ta’lim, vazifasi, elektron ta’lim
jarayoni, ET.
Axborotlar miqdorining keng koʻlamda ortib borayotganligi ta’lim
jarayonida
yangidan- yangi talablar qoʻymoqda. Axborotlarni oʻzlashtirish va ulardan ta’lim
jarayonida yetarlicha hamda samarali foydalanish uchun qulay vositalardan
foydalanishga zarurat tugʻilmoqda. Bugungi texnologiyada yuz berayotgan inqilobiy
oʻzgarishlar aynan axborotlardan ta’lim jarayonida yetarlicha foydalanishni
ta’minlashda kompyuter va texnik vositalarni qoʻllanishga olib keldi. Bugungi kunda
ta’lim jarayoniga kompyuter va texnik vositalarning jadal kirib kelayotganligi, biroq
ulardan foydalanuvchilarning tayyorgarlik darajasi hali lozim darajada emasligi tabiiy
holdir. Mutaxassislarning islohotlar bilan mutanosibligi ta’minlanishini inobatga
olish lozim.
Uzluksiz ta’lim-chuqur, har taraflama asosli ta’lim-tarbiya berish, mutaxassis
kadrlar tayyorlashning
turli-tuman shakl, usul, vosita, uslub va yoʻnalishlarining
mukammal uygʻunligidan iboratdir. Uning turli komponentlari oʻrtasidagi oʻzaro
aloqadorlik, muayyan usul va uslublarning ta’lim sharoitiga oqilona tadbiq etilishi
uzluksiz ta’lim sifatini ta’minlaydi.
Ta’lim tizimining bugungi vazifasi-talaba (oʻquvchi, tinglovchi) larni kun
sayin koʻpayib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida uning mazmunini
jadalashgan holda oʻrgatishdan iboratdir. Buning uchun ta’limda oʻqitishning
zamonaviy texnik vositalarini qoʻllash zarur.
Oʻqitishning texnik vositalari boʻlimining asosiy vazifalari:
•
Oʻquv jarayoniga zamonaviy texnik vositalar va oʻquv texnologiyalarini joriy
etish orqali maktabni bitirgan mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish. Sinf
xonalarini texnik tayyorgarlik bilan jihozlash, maktabning moddiy-texnik bazasini
yaxshilash orqali erishiladi.
•
Maktab xodimlarining texnik tayyorgarligi darajasini oshirish. Maktab
oʻqituvchilarining uslubiy qoʻllanmalariga texnik vositalar va yangi oʻquv
axborot
texnologiyalari (til laboratoriyalarida tarmoq oʻquv vositalari, kompyuter dasturlarini
joriy etish) bilan ishlash. Maktab oʻquv jarayonida zamonaviy texnik oʻquv
qoʻllanmalaridan foydalanishni tashkil etish.
•
Barcha darajadagi oʻquv jarayonini texnik oʻquv vositalari bilan ta’minlash
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 7 (November) ISSN: 2181-3000
Page 6/15
(oʻquvchilar, oʻqituvchilar, maktab xodimlari).
•
Oʻquv jarayonida kompyuter, multimedia uskunalaridan har tomonlama va
toʻlaqonli foydalanishda oʻqituvchi va oʻquvchilarga texnik, uslubiy yordam
koʻrsatish.
•
Oʻqituvchilarga OʻTV asoslari va jihozlarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha
maslahatlar berish va oʻqitish.
•
Oʻquv jarayonida texnik oʻquv qoʻllanmalaridan foydalanish boʻyicha
professor- oʻqituvchilar bilan maslahatlashish.
•
Amaldagi me’yorlar va talablarga muvofiq ravishda OʻTVni amalga oshirish
usullari va vositalariga muvofiqlikni ta’minlash.
•
Yangi
texnologiyalar, moslamalar va jihozlar sohasidagi istiqbolli yangi
yoʻnalishlarni tezkor oʻrganish va tadqiq qilish.
•
OʻTV xavfsizligi, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, texnik
xizmat koʻrsatish.
•
Yangi
oʻqitish texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlash, joriy etish va
rivojlantirish.
•
Maktab boʻlimlari buyurtmasi boʻyicha markaz profilida ishlarni bajarish.
Zamonaviy telekommunikasiya vositalari imkoniyatlari
juda keng tizim
boʻlib,unga ma’lum boʻlgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari,
internet kabi tushunchalardan tashqari, qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga
axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari,
ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi,
bilimlar ombori
kabilar misol boʻlishi mumkin. XXI asr axborotlashtirish asrida ta’lim sohasiga
elektron ta’limni joriy etish, har bir ta’lim muassasasida:
•
oʻqitish va oʻqish jarayonining;
•
ta’lim muassasasi boshqarilishining;
•
ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi.
Ta’lim muassasida ET muhitini tashkil etish bosqichlari psixologik axborot
muhitini yaratishdan boshlanadi. Texnologik va ilmiy natijalar, yaratilgan dasturiy
mahsulotlar asosida zamonaviy vositalar va metodlardan
foydalanishga ehtiyoj
shakllantiriladi. Bunda har bir ta’lim muassasasida individual va maslahat
mashgʻulotlar asosida pedagoglarni mustaqil va kompyuter ta’limi tizimini tashkil
etish kerak. Ta’lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta’limda
foydalanishga mamlakatimizda alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim tizimiga ETni
joriy etish, birinchi navbatda, jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim
sohasining axborotlashuviga, axborot ta’lim resurslarini ishlab chiqishiga bogʻliq.
Ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi asosli mexanizmlarini ishlab
chiqish,
uni
amaliyotga
joriy
etish,
oʻqishni,
mustaqil
bilim
olishni
individuallashtirish, ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini
ishlab chiqish va
oʻzlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida ETdan
foydalangan holda talabalar oʻqishini jadallashtirish апа shunday muhim vazifalar
sirasiga kiradi. Oʻquv jarayonini ET asosida tashkil etish, shu jumladan, oʻquv
materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma’lum oʻzgartirishlar
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 7 (November) ISSN: 2181-3000
Page 6/16
kiritish kerak boʻladi. AKTni ta’lim jarayonida qoʻllash asosan ikki xil koʻrinishda
amalga oshiriladi.
Birinchi sharti, bu texnik jihozlar boʻlsa, ikkinchisi sharti esa
maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir.