JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana10.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#71765
1   2   3   4   5
Bog'liq
101-105
xat-2022 Меха, Akad yozuv fanidan 2 mavzu., He saw the glance, Бахижанов Уббинияз, Truba ichida truba, 13 Iqtisodiy ko’rsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish, Access SQL, wеб дастурлаш аммалий иш, Mavzu p-n o’tishning siljishdagi xususiyatlari p-n o’tishning v, abdulaziz sxema, SXEMA, Lab-2, Joriy nazorat ingliz tili, 100ta masala cpp
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–17_Issue-4_November_2022 
102 
Kimyoda biz kimyoviy voqealarni “makro-darajada” kuzatamiz, “mikro-darajada” 
talqin qilamiz va tushuntiramiz, so‘ngra “ramziy darajada” (formula, tenglama, grafik 
va b.asosida) taqdim etamiz. 
Ramziy daraja 
Kimyo mazmuni 
Makrodaraja
 
MikrodarajaHaqiqatan ham o‘quvchi uchun bilimlar va mazmunning 
uch darajasini muvofiqlashtirish juda murakkab. Bugungi kunda veb va interakti 
o‘qitish, animatsiya, modellashtirish va b.dan foydalanish imkonini berayotgan AKT 
sohasida erishigan taraqqiyot kimyo fanini tushunishni engillashtirishda muhim 
ahamiyatga ega. Biz internet resurslaridan onlayn rejimida ochiq axborotlardan 
foydalanishimiz zarur. O‘quvchilarga grafik tasvirlar ko‘rsatilishi ularning 
molekulalar tuzilishini uch o‘lchamli shaklda ko‘rishlariga, xuddi shunay laboratoriya 
eksperimentlarini modellashtirish o‘quvchilarimizga real maktab laboratoriyasida 
o‘tkazilishi muammo 
bo‘ladigan murakkab eksperimentlarni boshqarish imkonini beradi. Biz o‘qituvchilar 
va o‘quvchilar o‘rtasidagi kimyo fanining dunyoviy muammolari bilan bog‘liq 
bo‘lgan munozara yig‘ilishlardagi aloqalarga ko‘maklashish maqsadida AKT dan 
foydalanishimiz, shuningdek, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati va ushbu fanning 
yanada rivojlanishini ta’minlashimiz zarur. 
Kimyo fanida murakkab atom (molekulyar) jarayonlarni asbtraksiya orqali 
tushunishga xarakat qilishimizga misollar ko‘p. Masalan, elektron bulut va 
elektronlar qo‘zg‘alishi, izomeriya strukturasi, molekulyar konfiguratsiya doirasidagi 
o‘zgarishlar,gibrid orbitallar va x.k., ro‘yxatini davomi ettirish mumkin. Ilmiy 
tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, animatsiya va modellashtirish harakatning molekulyar 
shakllarining konseptual tushunchalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Dasturi 
ta’minotning molekulyar vizualizatsiyasi dinamik tasvir tushunchasini yaratadi, bu 
esa boshqa yo‘l bilan yaratish qiyin bo‘lgan jarayonlar konseptuallashining kuchli va 
muhim ko‘magini ta’minlaydi. Shunday qilib, vizual ko‘nikmalar va fikrlash sezilarli 
darajada animatsiyalar va dasturiy ta’minoti modellashtirish bilan bog‘liq bo‘lishi 
mumkin. Kompyuter animatsiyasi va modellashtirish kimyoviy tuzilmalar va 
jarayonlarni tushunish uchun universal asbob bo‘ladi. Animatsiyalarda ketma-ket 
diagrammalar, ramziy tasvirlar, strukturalar hamda kimyoviy reaksiyalar paytida 
sodir bo‘ladigan turli jarayonlar namoyish etiladi. 
Simulitsiya kompleks vaziyatlarni qabul qilish uchun ajoyib vaziyat yaratadi hamda 
dasturiy ta’minot yordamida tasvirni va reaksiyaning ma’lum parametrlarini 
o‘zgartirish imkonini beradi. 

Laboratoriyalarda virtual eksperimentlarni tashkil qilish kamroq vaqt 
talab qilib, yaxshi natijalarga erishishda yordam beradi. 



Download 0.54 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish