• Kimyoviy AKT resurslari
  • JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/5
    Sana10.06.2023
    Hajmi0.54 Mb.
    #71765
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    101-105
    xat-2022 Меха, Akad yozuv fanidan 2 mavzu., He saw the glance, Бахижанов Уббинияз, Truba ichida truba, 13 Iqtisodiy ko’rsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish, Access SQL, wеб дастурлаш аммалий иш, Mavzu p-n o’tishning siljishdagi xususiyatlari p-n o’tishning v, abdulaziz sxema, SXEMA, Lab-2, Joriy nazorat ingliz tili, 100ta masala cpp
    JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
    http://www.newjournal.org/  Volume–17_Issue-4_November_2022 
    103 

    Kimyoviy reaksiyalar jarayonlarini ishlaydi. 

    Atomlardan molekulalar quradi. 

    Titrlash bilan bog‘liq eksperimentlarni simulyasiya qiladi. 
    Boshida ta’kidlaganimizdek, kimyo o‘qituvchilarning asosiy 
    maqsadi o‘quvchilarning kimyoni ko‘rinadigan (makro), molekulyar/ atom (mikro) 
    va ramziy darajalarda tushunishini osonlashtirishdan iborat. 
    Skuning uchun animatsiyadan foydalanish o‘quvchilarning ushbu fanni 
    tushunishini yengillashtiradi, ko‘pchilik kimyoviy jarayonlarni ko‘rinadigan qilib 
    ifodalaydi. Animatsiya yaratish, rasm chizish, saytlarni yaratish dasturiy ta’minoti: 
    FLASH, 
    Free Hand, Dreamweaver va Feyerverklardir. (Fireworks). “Java” dasturlash tili 
    interaktiv xususiyatlarga ega bo‘lib, “Java-appletlar” 
    yaratish uchun qo‘llaniladi. Dastur animatsiya tenglama va boshqalar shaklida 
    foydalanish mumkin bo‘lgan reaksiyalar bazasi va laboratoriya jihozlari hamda 
    kimyoviy moddalar to‘plamiga ega. Virtual laboratoriya dasturi turli moddalar bilan 
    eksperimentlarni visual o‘tkazish imkonini beradi. Turli dasturlar – virtual 
    laboratoriyaning dasturiy ta’minoti qo‘shimcha o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Dastur 
    bilan ishlashni osonlashtirish uchun “assistent” tushunchasi, hisob-kitoblar asosida 
    tuzilgan o‘zgartirishlar majmui, eksperimentlarni qayd qilish uchun laboratoriya 
    jurnali mavjud. 
    Kimyoviy AKT resurslari 
    Virtual laboratoriya bo‘yicha dasturiy ta’minot – bu o‘quvchilar tajriba 
    o‘tkazishlari uchun kerak bo‘lgan kimyoviy moddalar va ularning miqdori, idish va 
    boshqa jihozlarni tanlash imkonini beradigan dasturdir. 
    Bunday dasturlarni yuqori darajadagi moslashuvchanlik va nazorat darajasi 
    tavsiflaydi. Virtual laboratoriya yana bir qancha afzalliklarga ega, ular yordamida 
    o‘qituvchi va o‘quvchilar qo‘yilgan maqsadlar, jihozlar, kimyoviy moddalar va 
    reaksiyalar hamda sharoitlar mavjudligini hisobga olgan holda eng samarali 
    eksperimentlarni tanlashlari mumkin. Bunday rejalashtirish mustaqil o‘rganish orqali 
    potensial qobiliyatlarni rivojlantiradi. Aslida virtual eksperimetlar – bu amalda 
    o‘tkaziladigan laboratoriya mashg‘ulotlariga qo‘shimcha mashg‘ulotlardir. 
    Axborot-kommunikatsiyaon texnologiyalar (AKT) o‘qituvchilarning ta’lim berishida 
    kasbiy rivojlanishi uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi. Bular: 

    Ko‘p marotaba foydalanishga mo‘ljallangan o‘quv materiallarini yaratish 
    (Vaqtni tejash). 

    Inetrnet orqali o‘qituvchilarning o‘zaro almashinuvi. 

    O‘quvchilarning o‘quv materiallariga xohlagan vaqtda murojaat qilishi. 
    Mazmunni tushunarli qiluvchi multimediyali materiallarni tayyorlash. 

    Ishtirokchilarning davomatini va o‘sishini qayd qilish. 



    Download 0.54 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.54 Mb.
    Pdf ko'rish