JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS




Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana10.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#71765
1   2   3   4   5
Bog'liq
101-105
xat-2022 Меха, Akad yozuv fanidan 2 mavzu., He saw the glance, Бахижанов Уббинияз, Truba ichida truba, 13 Iqtisodiy ko’rsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish, Access SQL, wеб дастурлаш аммалий иш, Mavzu p-n o’tishning siljishdagi xususiyatlari p-n o’tishning v, abdulaziz sxema, SXEMA, Lab-2, Joriy nazorat ingliz tili, 100ta masala cpp
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
http://www.newjournal.org/  Volume–17_Issue-4_November_2022 
104 

Zo‘riqishsiz o‘quv tizimini ta’minlash. 
O‘qituvchilar uchun asosiy afzalliklari o‘quvchilar ishini samarali boshqarish, saqlash 
va olib borish hamda vaqtni tejashdan iborat. Vaqtni tejash mashg‘ulotlarga yaxshi 
tayyorlanish imkoniyatini beradi. O‘qituvchilar AKT resurslaridan foydalangan holda 
nafaqat o‘z bilimlarini yangilaydilar, balki nazariy bilimlarini ham orttirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. AKT dasturlarida foydalangan holda o‘quvchilarni 
baholash bu 
bilimlarni, o‘qitilayotgan materialni va internet, internet hamda CD ROM kabi 
texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini baholashdir. 
U o‘z ichiga bir qator faoliyatni mujassamlashtirgan. 
- O‘qituvchi savollarni elektron pochta yoki xat, axborot shaklida 
jo‘natishi mumkin. O‘quvchi ushbu savollarga javob berishi yoki kichik 
hikoya yozishi va o‘qituvchiga tekshirish uchun Internet orqali taqdim 
etishi hamda tez javob olishi mumkin. 
- Onlayn tizimida test olish joriy qilingan bo‘lishi mumkin. Unda 
o‘quvchi avtomatik baholashning tizimi orqali baholanadi. 
- O‘quvchilarni baholash uchun test olishning turli variantlari ishlab 
chiqilishi mumkin. 
- Interfaol vazifalar baholashning eng samarali variantlaridan bo‘lishi 
mumkin. 
- Savolnoma shaklidagi test o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini 
aniqlovchi usullardan biri bo‘lishi mumkin.
Masalan, elektron bulut va elektronlar qo‘zg‘alishi, izomeriya strukturasi, 
molekulyar konfiguratsiya doirasidagi o‘zgarishlar, gibrid orbitallar va x.k., 
ro‘yxatini davomi ettirish mumkin. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, animatsiya 
va modellashtirish harakatning molekulyar shakllarining konseptual tushunchalarini 
sezilarli darajada yaxshilaydi. Dasturi ta’minotning molekulyar vizualizatsiyasi 
dinamik tasvir tushunchasini yaratadi, bu esa boshqa yo‘l bilan yaratish qiyin bo‘lgan 
jarayonlar konseptuallashining kuchli va muhim ko‘magini ta’minlaydi. Shunday 
qilib, vizual ko‘nikmalar va fikrlash sezilarli darajada animatsiyalar va dasturiy 
ta’minoti modellashtirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Kompyuter animatsiyasi va modellashtirish kimyoviy tuzilmalar va 
jarayonlarni tushunish uchun universal asbob bo‘ladi. Animatsiyalarda ketma-ket 
diagrammalar, ramziy tasvirlar, strukturalar hamda kimyoviy reaksiyalar paytida 
sodir bo‘ladigan turli jarayonlar namoyish etiladi. Simulitsiya kompleks vaziyatlarni 
qabul qilish uchun ajoyib vaziyat yaratadi hamda dasturiy ta’minot yordamida 
tasvirni va reaksiyaning ma’lum parametrlarini o‘zgartirish imkonini beradi. 

Laboratoriyalarda virtual eksperimentlarni tashkil qilish kamroq vaqt 
talab qilib, yaxshi natijalarga erishishda yordam beradi. 



Download 0.54 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish