“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
91
salohiyatini namoyon etish masalalari ochib berilgan. Darhaqiqat, taʼlim sohasidagi mutaxassislar va
psixologlarning fikriga koʻra ijodiy faoliyat bilan bogʻliq fikrlash jarayonlarida mashgʻul boʻlish deb
tushunilgan kreativ fikrlash bir qator boshqa shaxsiy koʻnikmalarning ham rivojlanishiga olib keladi. Shular
jumlasiga metakognitiv qobiliyat insonlar bilan muomala qilish va shaxsning oʻzini yaxshiroq anglash
koʻnikmalari, muammoni hal etish koʻnikmalari kiradi. Shu bilan birga,
shaxs kamoloti, taʼlim olishdagi
muvaffaqiyati, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obroʻsi ham insonning kreativ
fikrlash koʻnikmasiga bogʻliq.
Muhokama.
Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish taʼlim siyosati va pedagogikasida ijobiy
oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. Xalqaro PISA baholash dasturi bo‘yicha olib boriladigan
tadqiqotlardagi kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mutasaddilarga dalillarga asoslangan toʻxtamga
kelishda koʻmaklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin boʻlgan baholash vositasini taqdim
etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim koʻnikmani taʼlim orqali rivojlantirishning ahamiyati
va usullari borasidagi bahslarga sabab boʻladi. PISA xalqaro baholash dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi pedagogikani qoʻllab-
quvvatlashga qaratilgan boshqa bir loyihasi bilan bogʻliqdir. Kreativ fikrlashda taʼlimning asosiy vazifasi
oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan
koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan
muhim
koʻnikma bo‘lib, bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan
tashqari yangilanayotgan davrga xos koʻnikmalarga ega kadrlarni talab etayotgan makonga moslashishga
koʻmaklashadi. Bo‘lajak energetik muhandislarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash
ko‘nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining
puxta anglanishi va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholashda qo‘llaniladigan metod va vositalar muhim
ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda, bugungi energetik muhandis kelajakda hozir hatto mavjud
boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi koʻnikmasini shakllantirish
ularga tobora
murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi.
Oliy ta’lim maskanlarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati faqatgina mehnat bozori bilan
cheklanmaydi. Ta’lim jarayolarda yoshlar uchun oʻz qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan ijodiy
iste’dodlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, kreativ fikrlash talabalarning taʼlim olishini
hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qoʻllab
quvvatlaydi. Talabalarning qiziquvchanligi taʼlim jarayonida qoʻl keladi, ijodiy fikrlash shu tariqa oʻzaro
kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan belgilangan taʼlim maqsadlari kontekstida ham bu
samara beradi. Oliy ta’lim talabalarning motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha talabalarning
ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi taʼlimning yangi shakllari yoʻlga qoʻyilishi zarur. Bu ayniqsa
taʼlim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan talabalarga yordam berishi mumkin va ular oʻz
fikrini
ayta olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat qiladi. Boshqa koʻnikmalar kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va
yo‘naltirilgan yondashuv orqali rivojlantirilishi mumkin. Baʼzi talabalarga talabaning kreativ fikrlashini
rivojlantirish oʻquv dasturidagi boshqa fanlar evaziga boʻlayotgandek ko‘rinadi. Aslida, talabalar barcha
fanlarda kreativ fikrlashi mumkin. Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan ma’ruza mobaynida koʻr-
koʻrona yodlash oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali rivojlantirilishi
bilan alohida ahamiyatga ega. Talabalar kreativ fikrlashni ajrata olishlari, bunday fikrlashga mos shart
sharoitlarni bilishlari va oʻzlari ham talabalarga fikrlashda koʻproq ijodiy yondashishga yordam bera olishni
bilishlari kerak. Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga kelishi borasidagi puxtaroq tasavvur, oʻz
navbatida,
talabalarga taʼlim jarayonida talabalarda ijodiy gʻoyalar boʻlishi uchun muayyan vaqt talab etiladi. Kreativ
fikrlash ko’nikmalarini baholash isbotga tayangan dalillar asosida shakllantirilib, talabalar kompyuter
platformasida qilayotgan, oʻqiyotgan va yaratayotgan narsalarni koʻp jihatli malakalar bilan bogʻlaydi.
Kreativlikni baholash - talabaning qobiliyatlari haqidagi muayyan da’volarni dalilga asoslangan fikrlash
jarayonida tahlil etishdir. Umuman olganda, talabaning baholashdagi vazifalarga javobi ushbu fikrlash
jarayonida dalillar bilan taʼminlaydi, psixometrik tahlil esa har bir da’voni tahlil
qilish uchun isbotning
yetarli ekanligini belgilaydi. PISA baholash dasturidan kreativ fikrlashni baholashning asosiy doirasi sifatida
foydalanish mumkin. PISA dasturida talabalar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan foydalanadi. PISA
tadqiqotida kreativ fikrlash bilim sohasida original va samarali yechimlar, yutuqlar va tasavvurni ta’sirchan
ko‘rinishlarga olib keladigan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirishda samarali ishtirok
etish qobiliyati deb ta’riflanadi. Ushbu tavsif talabalarning turfa kontekst va taʼlim darajasida gʻoya berish
amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga xosligi va munosibligini
baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki maromiga yetkazmaguncha gʻoyani
takomillashtirishga urgʻu beradi. Bu tavsif ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
92
maslahati va kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan. Kreativ fikrlash
endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha keng hamda kreativlik tuzilmasi kuchli
tadqiqotchilik an’anasiga ega bo‘ladi. Demak, kreativlik – layoqat, jarayon va muhit oʻrtasidagi oʻzaro
munosabat boʻlib, u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy kontekst uchun ham yangi ham foydali boʻlgan
salmoqli mahsulotni yaratishidir. Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo
etadi.Masalan, muhandislar yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ
fikrlashdan
tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat
tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Aksincha, kichik yoxud
kreativlik ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir. Tugʻma talantning ahamiyatini
kamaytirish hamda takomillashtirish mumkin boʻlgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga koʻproq urgʻu
berish maqsadida PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik bilan
bogʻliq vazifalarga asosiy eʼtiborni qaratadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat taʼlim kontekstiga, balki
gʻoya berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi muammolarni hal etishga aloqador boʻlgan
kengroq
sohalarga ham taalluqlidir.Muayyan omillar bo‘lajak energetik muhandislarda kreativlik sifatlari,
malakalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi. Shu sababli pedagogik jarayonda energetik muhandislar ushbu
omillarni bartaraf etishga e’tibor qaratishlari lozim. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga
to‘sqinlik qiladi:
1) tavakkal qilishdan qochish;
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish;
3) shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori baholanmasligi;
4) boshqalarga tobe bo‘lish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni o‘ylash;
Kreativ muhitda bo‘lajak energetik muhandislar diqqat-e’tiborini jalb etish maqsadida biror bir
yangilikdan foydalanadi. Qiziquvchanlik va shubhani uyg‘otuvchi ma’lumot, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘ziga
jalb etib, ularda o‘qishga bo‘lgan intilishni kuchaytiradi. Kreativ fikrlash ko‘nikmasidan talabalar individual
va ijtimoiy muammolarni hal qilishda ham foydalanadilar.Ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘limida
muammoga ijtimoiy ravishda yondashiladi. Bunda mavjud muammoga ijtimoiy jihatidan qaraladi, ya’ni
muammo shaxsiy, ta’limiy hamda ijtimoiy globalligidan qat’iy nazar har bir shaxsning ehtiyojlariga yechim
topish yo‘llari izlab topiladi. Talabalar kreativ kompetentlik sifatlarini shakllantirishda ta’lim mazmunini
loyihalash va standartlashtirish, talabalar kreativ kompetentlikini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari,
talabalar kreativ kompetentlikini tashkil etish va rivojlantirishning kreativ pedagogik texnologiyalari,
talabalar kreativ kompetentlik faoliyatini tashkil etish va intensivlashtirishning intellektual o’qitish
tizimlarini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq ekan.Bu sohada talabalarning
kreativ fikrlashi orqali
innovatsion,global muammolarning amaliy yechimi, ijtimoiy guruh ehtiyojlarini aniqlash, o‘zgalar fikriga
ijobiy munosabat bildirish kabi qobiliyatlari rivojlanadi. Itimoiy muammolarni hal qilish doirasida tuzilgan
testlardagi topshiriqlarni bajaruvchi talabalardan, qo‘yiladigan muammo shaxsiy yoki global bo‘lishidan
qat’iy nazar muammoga ijtimoiy yechim topiladigan g‘oyalarni to‘plash talab etiladi.