• Muammoni yecha olmaslik
  • Itoatidagi o’quvchilarga ta’sir etolmaslik
  • Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/266
    Sana23.01.2024
    Hajmi4,29 Mb.
    #143747
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   266
    Bog'liq
    11-son PM Ped Psixolo

    ifodalanmaganligi» xislatlari ham kasbiy kompetentlik shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi salbiy omillar 
    vazifasini o’taydi. Chunki, pedagog qaysi toifa o’qituvchi bo’lmasin doimo qaror qabul qilish vaziyatida 
    bo’ladi. Vaholanki, qaror samarasi shaxsiy qadriyatlar, kasbiy va hayotiy tamoyillarga asoslanadi, ularning 
    shakllanganligi bo’lg’usi o’qituvchi-pedagog faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Masalan, ta’limdagi 
    zamonaviy boshqaruv – samaradorlik, talaba imkoniyatlarini ochishga ko’mak, ta’lim muassasasiga 
    yangilik olib kirishga moyillik kabi qadriyatlarga asoslanadi. Mustahkam qadriyat va tamoyillarga 
    asoslanmagan bo’lajak o’qituvchi-pedagog beqarorlik va maqsad yo’lida irodasizlikni namoyon etadi. 
    Zamonaviy o’qituvchi muhimni nomuhimdan ajrata olishi, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlay 
    bilishi kerak. Ta’lim muassasasi maqsadini chuqur anglash yo’lidagi birinchi qadam pedagogning o’z 
    shaxsiy maqsadlarini yaxshi tushunib yetishidir. O’z maqsadini aniq bilgan o’qituvchigina uning faoliyatiga 
    qo’yilayotgan talablarni jonu diliga singdira olishi mumkin. Shaxsiy maqsadning noaniqligi maktab (lisey, 
    kollej) manfaati yo’lidagi maqsadlarni ham anglab olishga xalaqit beradi. Aniq maqsadning yo’qligi 
    shaxsning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini pasaytiradi va demak, bunday pedagog, o’zga (jumladan, 
    o’quvchi)larning muvaffaqiyatini ham his eta olmaydi. 
    «Magistrlar» guruhi sinaluvchilarining qayd etishlaricha, «kamolotga intilishning yo’qligi» xislatini 
    mavjud emasligi o’z ustida ishlashdan bosh tortgan o’qituvchi-pedagogni qaltis vaziyatdan himoyalanishiga, 
    imkoniyat va qobiliyatlarini rivojlantirish ustida ishlamasligiga hamda odat tusiga kirgan xatti-harakatlari 
    dorasidan chiqolmasligiga sababchi bo’ladi. 
    «Muammoni yecha olmaslik» kabi shaxsiy xislatning yo’qligi, «Bakalavrlar» guruh a’zolarining 
    fikricha, ayrim o’qituvchi-pedagoglarni muammo ustida sifatli, muntazam va aql-zakovat bilan ishlay 
    olmasligiga turtki bo’ladi. Chunki bu xislatning yo’qligi bir vaqtning o’zida bo’lajak o’qituvchi-pedagogda 
    vazifa maqsadini aniqlash, ma’lumot to’plash, rejalashtirish va nazoratni amalga oshirish malakasiga ega 
    emasligini yoritib beradi. Shu bois, mazkur toifa o’qituvchi oldida hal etilmagan masalalar to’planadi va 
    uning muammoni hal etish imkoniyati cheklanib qoladi. Shu bilan bir qatorda har ikkala guruh 
    sinaluvchilarning baholashlaricha o’qituvchi-pedagogdagi «ijodiy yondashuv» xislatining yetishmasligi bir 
    qator salbiy munosabatlar shakllanishida muhim omil vazifasini o’taydi. Xususan, innovasiyaga moyilligi 
    bo’lmagan o’qituvchi yangi g’oyalarni taklif etolmaydi, o’quvchilarga o’qishga bo’lgan ijodiy yondashuvni 
    uyg’ota olmaydi. Bunday pedagog tajribadan, sinf (akademik guruh) hayotiga yangilik kiritishdan o’zini 
    chetga oladi yoki yangiliklarga befarq bo’ladi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha yuksak ijodiylik to’siqni 
    yengib o’tishni va qiyinchilikka bardosh berib maqsadga intilishni taqozo etadi. 
    «Itoatidagi o’quvchilarga ta’sir etolmaslik» ham salbiy holat sifatida baholanib, xislatning 
    shakllanganligini har ikkala guruh respondentlari e’tirof etishgan bo’lib, ularning fikricha, o’qituvchi o’z 
    qo’li ostidagi o’quvchilarga ta’sir etishi lozim. Lekin, ayrim pedagog o’z o’quvchilariga suyanolmaydi va 
    buning o’rniga ular haqida salbiy fikrda yuradi. Bunday pedagog o’z intilishida muntazam emas, atrofdagilar 
    bilan yaqin muloqotga kirishmaydi va o’z ichki dunyosini yaxshi ifoda etolmaydi. 
    «Bakalavrlar» guruhi respondentlari (33,3%) fikricha, «boshqaruv faoliyati xususiyatini yaxshi 

    Download 4,29 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   266




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish