|
СОДЕРЖАНИЕ И МЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ ТВОРЧЕСТВА БУДУЩИХBog'liq 11-son PM Ped Psixolo
СОДЕРЖАНИЕ И МЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ ТВОРЧЕСТВА БУДУЩИХ
ИНЖЕНЕРОВ-ЭНЕРГЕТИКОВ
В статье представлена информация о содержании и методах формирования творческого
мышления у будущих инженеров-энергетиков. Международная программа оценивания PISA (The
Program for International Student Assessment) излагает основные концепции направления оценивания
творческого мышления, важные аспекты, на которых следует сосредоточить внимание, и подходы
к оцениванию.
Ключевые слова: PISA, (Программа международной оценки учащихся), оценка, подходы,
способности, компетентность, исследование, анализ, творческие задачи.
CONTENT AND METHODS OF FORMING CREATIVITY IN FUTURE ENERGY
ENGINEERS
The article provides information on the content and methods of forming creative thinking in future
energy engineers. The PISA (The Program for International Student Assessment) international assessment
program outlines the basic concepts of the direction of creative thinking assessment, important aspects to be
focused on and assessment approaches.
Keywords: PISA, The Program for International Student Assessment assessment, approaches, ability,
competence, research, analysis, creative assignments.
Kirish. Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib aniq va tabiiy,
mutaxassislik fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan. Kreativ fikrlash shunchaki
tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq
natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir.Rivojlanishning
innovatsion yo‘lini tanlash, yuqori texnologiyalarni yaratish va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishida bilim va ma'lumotlarning o‘sib borayotgan o‘rni yuqori malakali mutaxassislarga
katta talab qo‘ymoqda. Bu ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi shakllarini talab qiladi va
raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qodir bo‘lgan yangi avlod o‘qituvchilarini shakllantirishni
ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilaydi.Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal
etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa oʻz navbatida, innovatsiya va
kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash taʼsiri butun jamiyatga sezilarli
innovatsiya turlarining ortida turishi rost lekin u ayni damda universal va tenglashtiruvchi xususiyatga ega
fenomen hamdir yaʼni har qanday shaxs, u yoki bu darajada kreativ fikrlash qobiliyatiga ega.
|
| |