“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
93
talabalarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirish usulidan foydalanish tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining yuqori
darajaga bo‘lishini ta’minladi.
Oliy ta’lim muassasalarida ham bo‘lajak energetik muhandislar kreativ fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirishda ularning jamoa bo‘lib, kichik yoki katta guruhlarda ishlashlari uchun zarur
shart-sharoitni yaratib bera olishlari zarur. Zero katta va kichik guruhlarda ishlash jarayonida bildirilgan har
qanday fikrni kreativ jihatdan rivojlantirish imkoniyati yuzaga keladi. Bo‘lajak energetik muhandislar
kreativlik darslarida jamoa tuyg‘usining ahamiyatini anglagan holda, doimiy ravishda guruhlarni o‘zgartirib,
bo‘lajak energetik muhandislarda jamoa bo‘lib ishlash, boshqalar qobiliyati va mahoratini hurmat qilish
ko‘nikmasini shakllantiradi. Vaholanki, yakka tartibda ishlash ma’lum vaziyatlarda samara bersa, kreativlik
darslarida kichik guruhlarda ishlash maqsadga muvofiqdir, chunki kreativlik ko‘nikmasi ijtimoiy fenomendir
A.J.Rouning fikriga ko‘ra, kreativ qarashlar jamoa bo‘lib ishlash jarayonida va kreativ hamkorlik natijasida
shakllanadi
Xulosa.
Ijodiy sermahsullik bazaviy resurs yoxud sohaga bogʻliq qobiliyatlar, jumladan, bilim va texnik
koʻnikmalar bo‘lib, ularni yangicha usulda birlashtirish uchun kerak boʻladigan qobiliyatlar tayyor
qoʻllanmalardan voz kecha olish kabi zarur motivatsiyani taqozo etadi. Bu toʻrt komponent ham turgʻun,
ham takomillashtirish va muhitga moyil boʻlgan komponentlardan iborat. Talabalarning kreativ fikrlash
koʻrsatkichlari ularning tadqiqotchilik qobiliyatlariga qanday bogʻliq ekanligini tahlil etish ham oʻrinlidir.
Xuddi talaba ishtiyoqini oʻlchaydigan uslub kabi, uning tadqiqotchilik qobiliyatini ham kompyuterlashgan
testdagi xatti-harakatini kuzatishdan olingan (telemetriya) maʼlumotlar asosida tahlil qilish mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, oliy ta‟lim tizimiga kreativ kompetentli yondashuvning joriy
etilishi ta’lim maqsadi, mazmuni, o‘qitish shakli, o‘qitish usullari, pedagogik texnologiyalari, nazorat
usullarini hamda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi munosabatlarida jiddiy o‘zgarishlarni amalga
oshirishni talab etadi. Shunga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etishning mavjud shakllari
bo‘lgan ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini mazmun jihatidan o‘zgartirish nazarda
tutiladi. Ma’ruza darslarini muammoli ta’lim shaklida, seminar darslarni kreativ tafakkurni va amaliy
mashg‘ulotlarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq, deb
hisoblaymiz.