-rasm. Tajriba so‘ngida bo‘lajak o‘qituvchilarda kompetentlik sifatlarini rivojlantirish




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

 
1-rasm. Tajriba so‘ngida bo‘lajak o‘qituvchilarda kompetentlik sifatlarini rivojlantirish 
bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish darajasi diagrammada quyidagicha ifodalanadi
Buni biz dastlab 86 talabalarning o‘qituvchilik kasbiga bo‘lgan munosabatlarining o‘zgarganligida, 
ularning darslarda ko‘tarilgan muammolarni mustaqil hal etishda, turli vaziyatlarda to‘g‘ri fikr yurita olish, 
tahlil etish, muhokama yuritish, o‘z fikrini ma’lum tizimda ifodalay olish ko‘nikmalarini hosil qilishga 
o‘rganganligida ko‘rdik. 
Xulosa. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini tadqiq etish 
jarayonida quyidagi xulosalarga keldik:
1. “Kompetentsiya” (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali 
foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish ma’nosini anglatsa, 
pedagogik kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi ma’nosini 
bildiradi.
2. Kompetentlik mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, 
muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z 
faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
3. Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik kompetentlik sifatlarini shakllantirish muammosining hal 
etilishi bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash ishiga pedagogik va kasbiy fanlarning ilg‘or yutuqlarini qo‘llash, 
xususan, kompyuter texnologiyalari, texnologik yondashuvlar, ta’lim amaliyotiga zamonaviy o‘qitish, milliy 
tarbiya texnologiyalarini joriy etish, samaradorligini oshishiga yordam beradigan psixologik-pedagogik 
sharoitlarni yaratish orqali erishilishi aniqlandi.
4. Interfaol metodlar zamonaviy ta’limda talabalarning o‘quv-bilish faolligini oshirish, ularda ta’lim 
olishga bo‘lgan rag‘batni kuchaytirish imkoniyatiga ega.
5. Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik amaliyotlar jarayonida fanlarni o‘qitishda interfaol 
metodlardan samarali foydalana olishlari maqsadga muvofiqdir. Ular yordamida o‘zaro juftlikda, kichik va 
katta jamoalarda ta’lim olish esa talabalar tomonidan o‘quv masalalarining har tomonlama tahlil qilish 
imkonini beradi.
6. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasi 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: dars berish mahorati, tashkilotchilik, ijodiy yondashuv, o‘quv-tarbiya 
jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash va yangi 
bilimlar olishga intilish, 88 yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallanganlik, internetning global 
tarmog‘i bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarining shakllanganligi, o‘zida notiqlik san’atini 
rivojlantirishi, pedagogik amaliyot jarayonida ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va 
baholash mahorati, vaziyatni baholash va muammolarni echish ko‘nikmasiga ega bo‘lish va nihoyat, o‘z 
ustida tinimsiz ishlashi. 

Download 4,29 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Tajriba so‘ngida bo‘lajak o‘qituvchilarda kompetentlik sifatlarini rivojlantirish

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish