Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Natijalar. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish maqsadida auditoriya va 
auditoriyadan tashqari ishlarini kuzatish, ularning pedagogik amaliyot davrida kompetentlikka xos 
vazifalarini bajarishlarini, dars jarayonlari natijalarini tahlil qilish, tajriba davomida o‘rganilayotgan obyekt 
holatiga kirib borish, shu vaziyatlarning shaxsiy kechinmalar tahlili singari yangi pedagogik texnologiya, 
turli o‘quv fanlariga tegishli ma’lumotlarga jalb etish bilan bilimlarni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi 
haqida xulosa chiqarish imkonini berdi. Bo‘lajak o‘qituvchilar kompetentlik sifatlarini rivojlantirish 
maqsadida an’anaviy metodlar bilan yangi pedagogik texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan holda o‘z 
imkoniyatlari darajasida ular bilan quyidagi yo‘nalishlarda tadbirlar o‘tkazildi: “Kompetensiya nima?”, 
“Zamonaviy o‘qituvchining kompetentlilik modelini tashkil etuvchi elementlar”, “Ta’lim-tarbiya 
samaradorligini oshirish vositalari”, “Zamonaviy sharoitda ta’limni tashkil etish”, “Pedagogik 
kompetensiyaning shakllanish bosqichlari”. Bu jarayonda har bir talaba faollik ko‘rsatdi. Bo‘lajak 
o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish maqsadida amaliyot davomida olib borilgan 
ishlar natijasida talabalar an’anaviy metodlar bilan yangi pedagogik texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan holda 
o‘z imkoniyatlari darajasida tashkil etdilar. Ular har bir mashg‘ulotni aniq maqsad asosida tashkil etish, 
o‘qitish samaradorligiga erishish uchun uning eng qulay yo‘llarini tanlagan holda erishdilar. Bunda “Kichik 
guruhlarda ishlash”, “Bahs- 74 munozara”, “Rolli o‘yinlar”, “Muammoli vaziyatlarni hosil qilish”, “Aqliy 
hujum”, “6x6x6”, “Klaster metodi”, Guruxli bahs”, “Blits-so‘rov”, “Sinkveyn” kabi metodlardan keng 
foydalandilar. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, tajriba guruhida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik 
kompetentlik sifatlarini rivojlantirish sohasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Tajriba-sinov jarayonida 
respondentlarning pedagogik kompetentlikka oid bilimlari aniqlanib, tahlil qilindi. Mazkur tarbiyalanganlik 
shaklini takomillashtirishning pedagogik vositalari belgilandi hamda amalda sinab ko‘rildi. 
Olib borilgan tajribalardan so‘ng natijalar tahlil qilindi. Respondentlar tomonidan o‘zlashtirilgan 
bilimlar quyidagi mezonlar yordamida aniqlanib, yuqori, o‘rta va quyi darajalar sifatida guruhlandi. Ya’ni: 
Yuqori daraja – «5» O‘rta daraja – «4» Quyi daraja – «3» Yuqori daraja – zamonaviy o‘qituvchining 
pedagogik kompetentlikka oid yangiliklarni teran anglaydilar, nazariy zamonaviy bilimlarni puxta 
o‘zlashtirganlar, pedagogik kompetentlikni mustaqil ravishda o‘zlashtirishga rag‘bat bildirib, bu yo‘lda 
amaliy faoliyat olib boradilar, shuningdek, mavjud pedagogik kompetentlikni amaliyotda qo‘llay oladilar. 
O‘rta daraja – zamonaviy o‘qituvchining pedagogik kompetentlikka oid yangiliklarni teran anglaydilar, 
nazariy zamonaviy bilimlarni puxta o‘zlashtirganlar, ammo bu yo‘lda izchil ravishda amaliy faoliyat olib 
bormaydilar, shuningdek, amaliyotda bu bilimlardan samarali foydalana olmaydilar. Quyi daraja – 
zamonaviy o‘qituvchining pedagogik kompetentlikka oid yangiliklarni qisman anglaydilar, pedagogik 
kompetentlikka oid bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan ichki ehtiyoj va qiziqishga ega emaslar, pedagogik 
kompetentlikka oid bilimlarni mustaqil ravishda o‘zlashtirishga rag‘bat bildirmaydilar hamda ulardan 
amaliyotda qo‘llay olmaydilar.
Tajriba-sinov xulosalari sifat darajalariga ko‘ra umumlashtirildi. Ushbu umumlashtirishning 
ko‘rsatishicha, talabalarning bilim darajasidagi o‘zgarishlar quyidagicha bo‘ldi: x Bo‘lajak o‘qituvchilarda 
kompetentlik sifatlarini rivojlantirish maqsadida rejalashtirish, shunga doir asosiy tushuncha va g‘oyalarni 
aniqlashga; x Bo‘lajak o‘qituvchilarning mazkur tushuncha va tamoyillarni qay darajada o‘zlashtirib 
olganligi natijasini aniqlashga yordam berdi. Tajriba-sinov natijasida bo‘lajak o‘qituvchilarda kompetentlik 
sifatlarini rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishlari oshdi. Chunki ular bu faoliyat turlarida o‘z ijtimoiy, fuqarolik, 
individual, mustaqil va ijodiy-qayta yaratuvchilik ehtiyojlarining qondirilishini kashf etishdi.
Shunday qilib, tadqiqot muammosi doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlarining natijasi 
respondent-talabalar faoliyatining kompetentlikka oid bilimlar bilan boyitilganligi va bo‘lajak 
o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirish borasidagi fikrning haqqoniyligini 
tasdiqlaydi. 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
112 

Download 4,29 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish