“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
109
masalalari dolzarb bo‘lib hisoblanadi. Mana shunday tahlikali bir paytda davlatimiz har galdagidek, bugungi
kun yoshlarini o‘ylashni kanda qilmadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo
miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli
bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” deya bildirgan
fikrlari davlatimizning turli sohalarida olib borilayotgan islohotlar asosida o‘z tasdig‘ini topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining “Ijtimoiy
sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishida, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy
ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida oliy ta’lim tizimi sifatini
yaxshilash va yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy
qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar kabi ustuvor vazifalar nazarda
tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida
ham “...oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlarni yanada
kuchaytirish zarur, oliy o‘quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim maskanlarini ko‘paytirib, yuqori
malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish lozim” deb ta’kidlangan. Yuqoridagilarni e’tiborga
olib, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy
kompetentligini shakllantirishga katta e’tibor qaratilishi lozim
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy
mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: “Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-
idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish
uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk
fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”. O‘qituvchi – ta’lim va tarbiya mazmunining boshqaruvchisi, o‘quvchilarning
butun ongli faoliyatining tashkilotchisi hisoblanadi. Uning shaxsida pedagogik qadr-qimmatning obyektiv va
subyektiv xususiyatlari ifodalanadi. U obyektiv bilim, malaka va ko‘nikmalarning miqdorini o‘zlashtiradi va
shaxsiy qobiliyatlari me’yorida ularni shakllantirishni tashkil qiladi. Jamiyat rivojlangani sari shu jamiyat
talabiga javob beradigan shaxslarni yetishtirish ehtiyoji ham ortib borgan. Yosh avlodni o‘qituvchilik kasbi
yo‘nalishida o‘qitish va tarbiyalash sohasida tajribalarning boyishi, nazariy jihatdan kengayishi va hayotda
qo‘llanilishi natijasida pedagogika alohida fan sifatida rivojlandi. Chunki, bugungi kun yoshlarini har
tomonlama “... mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallaydigan, mustahkam
hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida
turgan eng dolzarb masaladir. Shu sababli, yoshlar har soniya bilim olishdan, olgan bilimlaridan kelib chiqib
tajribasini oshirishdan to‘xtamasligi lozim. Zero, ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda mamlakatimizni
taraqqiyot sari yetaklash oliy maqsaddir”
Zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri - malakali mutaxassislar sifatida
o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar
mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida
faoliyat ko‘rsatishdir. Pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtira
olishlarida ularning innovatsion yondashuvga tayanishlari talab etiladi. Bunday dolzarb muammolarni
yechish, avvalo milliy mustaqillik sharoitida ta’lim tizimi mazmunini yangilash va yangi ijtimoiy muhit
sharoitida uni yanada rivojlantirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ta’lim muassasalarida barkamol shaxs
tarbiyasining mazmun-mohiyati, maqsad-vazifalari, yo‘nalishlari, ta’lim-tarbiya jarayonlarining uzviy
bog‘liqligi, ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash shakllari va xususiyatlarini
ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish hamda bo‘lajak pedagogik faoliyatda ushbu bilimlardan keng foydalanish,
tajribalarni amaliyotda faol tadbiq etishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Shu sababli ham ushbu mavzu o‘z
dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydi. Kompetentsiyaga asoslangan yondashuv ta’lim
maqsadlari ish dunyosida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga ko‘proq bog‘langanligini anglatadi.