“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
136
tarmoq dasturlari, vasiylik kengashlari talablari, jahon miqiyosidagi texnologik o’zgarishlarni inobatga olgan
holda shakllantirish, ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarini
optimallashtirish, bunda STEAM
yo’nalishlarini (aniq fanlar, texnologiya,
injenering, ijodiy san’at va matematika) rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratish” muhim vazifa sifatida belgilangan. Bu vazifalrni amalga oshirishda muhandislar
tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun STEAM fanlari ta’limini
modellashtirish va
raqamlashtirish orqali muammolarning yechimi ham ilmiy ham amaliy ahamiyat kasb etmog’i lozim.
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology) Ushbu maqolada biz matematik va fizik
modellashtirish haqida atroflicha mulohaza yuritamiz qolgan modellashtirishlar haqida keyingi
maqolalarimizda to'xtalib o'tishga harakat qilamiz.
Matematik modellashtirish imkoniyatlarini ochib beruvchi dasturlarga: MatCad, MatLab, Maple,
Matematika sistemalari va boshqa dastur paketlarini misol keltirish mumkin.
Bu dasturlar matematik
formulalar va matematik qonuniyatlarni raqamlashtirish vazifasini bajaruvchi dasturlar hisoblanadi.
Matematik modellashtirish metodidan matematika ta’limida ikki shaklda foydalaniladi: Birinchidan, birorta
ham modellar sxemasiga joylashmaydigan modelga olib kelinadi va bu holda yangi sinf modellarini tadqiq
etishning ichki matematik muammosi paydo bo’ladi, u mavjud matematik nazariyaning rivojlanishiga yoki
yangi nazariyaning paydo bo’lishiga olib keladi. Matematik modellashtirish metodining bu shaklidan
ko’pincha ma’ruza mashg’ulotlarida foydalaniladi va u quyidagi tuzilmalar asosida quriladi:
1. Yangi matematik tushunchaga olib keluvchi kasbiy mazmundagi masalalarni qarash-modelni
tuzush.
2.
Yangi mavzu, yangi bo’lim (tushuncha, teoremalar, isbotlash usullari, formulalar)
asosiy
mazmunini bayon qilib berish.
3. Yaratilgan modelni yangi matematik apparat bilan tadqiq etish.
4. Tuzilgan model yordamida olingan kasbiy mazmundagi masalani yechish yo’riqnoma tuzish va
natijani mazkur masala tiliga o’tkazish.
Ikkinchidan, ma’lum ko’rinishdagi matematik modelga keltirish orqali,
u materialni mustahkamlash
uchun asosan amaliy mashg’ulotlarda tadbiq etiladi yoki ilgari ifodalangan kasbiy mazmundagi masalalarni
yechish uchun ma’ruza oxirida foydalaniladi. Bu mashg’ulotning tuzilishi quyidagicha bo’ladi:
1. Masalaning qo’yilishi.
2. Ma’lum modellar orasidan uning matematik modelini tanlash.
3. Modelni tadqiq etish.
4. Natijani mazkur masala tiliga o’tkazish.
Matematika fanida matematik modellashtirish elementlarini aks ettirish ko’plab asosiy pedagogik
vazifalarni yechish imkoniyatini beradi:
Nazariy olingan bilimlarni amaliyotga yo’naltirishni mukammallashtiradi;
Matematikani muhandislik faoliyatida qo’llash imkoniyatini oshiradi; fanlararo bog’liqlikni
takomillashtiradi va boshqalar.