1-rasm. Modellashtirish postulatlari “Model hech qachon qaralayotgan obyektning barcha xossalari va o’ziga xos jihatlarini aks ettirmaydi,
unga nisbatan ayniy bo’lmaydi. U soddalashtirishga, ideallashtirishga asoslangan bo’lib, obyektning
taxminiy aks ettirilishidir” [4].
Modellashtirishning quyidagi funksiyalari mavjud:
Gnoseologik – fandagi obyektlarni soddalashtirib tadqiq etishni, ularni bevosita o’rganish u yoki bu
sababga ko’ra imkoniyati mavjud emas;
Illyustratsiyali – analiz va umumlashtirish uchun tayanch sezgini hosil qilish;
Evristik – yangi bilimlarni olish;
Integrativ yoki sintezlovchi – bilimning yagona modelini o’rnatish [4].
STEAM fanlar ta’limida talabalar nazariy va amaliy bilimlarni integrasiyalash orqali fizik yoki
matematik modellarni yaratish bo’yicha tadqiqot ishlari tashkil etilishining alohida shakl va metodlari haqida
quyidagilarni aytib o’tishimiz mumkin. Talabalar fizik yoki matematik modellarni yaratish bo’yicha ilmiy-
tadqiqot ishlari tashkil etilishining muhim qismi – tadqiqotchilik elementlari bilan bog’liq obyektning
muammosini o’rganish hisoblanadi. Bu ko’rinishdagi tadqiqotlar talabalar va o’qituvchidan hech qanday
ortiqcha vaqtni talab etmaydi va barcha talabalarni birday qiziqtiruvchi mashg’ulot sifatida qamrab oluvchi
o’quv jarayonining ajralmas qismidir. Bu yerda biz murakkablik darajasi turlicha bo’lgan nostandart
yondashuvlarni talab etuvchi va ularni STEAM fanlarini modellashtiruvchi tadqiqotlar obyektini tashkil
etishga imkon beruvchi muammolar yechimlarini qarab chiqamiz. STEAM fanlarini modellashtiruvchi
tadqiqotlarni o’tkazish natijasida, har bir talabada mazkur obyekt yoki hodisani tashkil etuvchi muhim va
muhim bo’lmagan jihatlarni bir-biridan ajrata olish, tadqiqot ketma-ketligini birlashtira olish, tizimlashtirish,
farazlarni ayta olish va shu kabi boshqa ko’nikma hamda malakalar shakllanadi. Umumlashtirib aytadigan
bo’lsak, bunday masalalar yechimini izlash jarayonida tafakkur qobiliyatlarini intensive rivojlanishi davom
etadi va natijada talabalarda abstract tafakkur qilish salohiyati o’sib boradi.
Talabalar STEAM fanlarini modellashtiruvchi tadqiqotlar jarayonini tashkil etish uchun, yaxshi
masalani tanlash yetarli emas, balki uni yechish jarayonini to’g’ri tashkil etish zarurdir. Eng avvalo masala
yechish bosqichlari ketma-ketligini pedagogika jihatidan maqsadga muvofiqligini farqlash lozim bo’ladi.
An’anaviy amaliyotning aksariyat hollarida, masala xos yechimlari ustida ishlash bilan boshlanib, shu bilan
tugaydi hamda ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun eng muhim bosqichlari - masalani tushunish, uning
yechimini izlash va uni umumlashtirish kabi muhim jihatlar amalga oshirilmaydi. Bunday metodikada
Kuzatuvchanlik postulati – mazkur tadqiqot uchun muhim bo’lgan
ma’lumotlardan modellashtirishda foydalanishni talab qiladi.
Stabillik postulati – u
modellashtiriluvchi obyektning
qandaydir turg’unlikka ega
bo’lishligi talabini ifodalaydi: yo
uning o’zgarishi juda tez bo’lishi
kerak emas, yoki qandaydir
qonunga bo’y so’nib, o’zgarishi
regulyar tavsifga ega bo’lishi
lozim. Aks holda modellashtirish
ma’noga ega bo’lmaydi.
Ekstrapolirlash postulati – u
model qandaydir
umumiylikka ega
bo’lishligini talab etadi, ya’ni
qandaydir holat uchun
qurilgan, birinchisidan farq
qiluvchi ikkinchi holat uchun
qo’llash mumkin.
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
138
maqsad faqat masalaning yechimini topish bo’lib, ta’lim oluvchilarni yechimni izlash va tadqiq qilish
metodlariga o’rgatilmaydi.