Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Key words: worldview, thinking, spirituality, youth education, creativity, education, knowledge, 
development, aesthetic consciousness, aesthetic taste, educational process, human capital, intelligence. 
Kirish. Respublikamiz ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti hayotimizning barcha jabhalarida, xususan oliy 
ta’lim sohasida ham islohot olib borilishini taqozo etmoqda. Yangi O‘zbekistonda sog‘lom, barkamol 
avlodni voyaga yetkazish muhim va ustuvor vazifaga aylandi, rivojlanayotgan jamiyatimizning o‘z oldiga 
qo‘ygan olijanob maqsadi – kelajagi buyuk davlatni barpo etish vazifasi shuni taqozo etadi. Darhaqiqat, 
davlatimizning bosh maqsadi ham kelajak avlodning istiqbolini ta’minlashga, zarur shart-sharoit yaratishga, 
ularni yetuk insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan. 
Jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy yangilanishining muhim subyektlaridan bo‘lib, 
turmushida ro‘y berayotgan jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va taraqqiyotni harakatga keltirishda muhim 
rol o‘ynaydi, ularning ushbu mas’uliyatli vazifani bajarishlari va erkin rivojlanishlari, ijodiy bunyodkorlik 
faoliyatini amalga oshirishlari uchun Yangi O‘zbekistonda qulay imkoniyatlar yaratilgan va bu borada katta 
amaliy ishlar qilinmoqda. Mamlakatimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi yoshlarning har tomonlama 
salohiyati va yetukligiga bog‘liq. 
Mamlakatimizda ijtimoiy institut bo‘lgan oliy ta’lim jamiyatning rivoji va farovonligi uchun zarur 
maskan hisoblanib, nafaqat barqaror va ustun bo‘lishi, balki tez o‘zgarayotgan va kutilmagan 
globallashtirilgan jamiyatda muammolarni hal etish uchun doimiy rivojlanishi lozim. Shu sababli professor-
o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va bo‘lajak mutaxassislardan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotida, 
shuningdek ushbu jarayonning barcha sohalarida kreativ g’oyalar va innovatsiyalar kutilmoqda. Oliy ta’lim 
tizimida kadrlar tayyorlashning erishilgan darajasini xalqaro maydonda e’tirof etish, zamonaviy ta’limning 
sifat jihatlarini yanada oshirish, bu boradagi samarali tadqiqotlarni yangi bosqichga ko‘tarish o‘ta muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ta’limning zamonaviylashuvi o‘qitishda kreativ yondashuv bilan belgilanib, u bilim, 
ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish va takomillashtirish xususiyatini o‘zgartiradi, o‘zlashtirilayotgan 
fanlar mazmunini rivojlantirish, zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash jarayonini sezilarli darajada 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
140 
kengaytirish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy 
Majlisga Murojaatnomasida Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-
quvvatlash, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo‘shuvchi, zamonaviy bilim 
va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, yangi 
metodika asosida o‘qitishni tashkil etish, ilg’or ta’lim standartlari va metodikalarini joriy etish uchun alohida 
ilmiy institut va laboratoriyalar tashkil qilish orqali ta’lim sohasini yanada takomillashtirish borasida tizimli 
tadbirlar belgilab berilgan. 

Download 4,29 Mb.
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish