“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
141
Globallashuv kuchaygan davrda har qaysi jamiyat kreativ shaxslarga ehtiyoj sezadi. Bu tabiiy hol
albatta, chunki dunyoda har daqiqada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar shuni taqozo qilmoqda, shu munosabat
bilan turli soha olimlarining e’tibori pedagogik jarayon sharoitida talaba shaxsining kreativ qoboliyatini
rivojlantirish muammosiga qaratilgan. Kreativlik qobiliyati “Xudoning in’omi” va shuning uchun
kreativlikni o‘rgatish mumkin emas degan ancha keng tarqalgan fikrdan farqli o‘laroq, M.M. Zinovkina
boshqacha yondasuvga ishora qiladi. Innovatsiya va ixtirolar tarixini o‘rganish, atoqli olim va
ixtirochilarning ijodiy hayoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning barchasi yuqori fundamental bilimlar bilan
bir qatorda maxsus bilimlar ombori yoki algoritmik fikrlash, shuningdek, ma’lum bilimlar, shu jumladan
evristik usullar va texnikalarga ega bo‘lishgan [2].
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy
mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va
qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning
faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-
sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog‘liq. Zamonaviy sharoitda yoshlarning
kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etiladi. Yoshlarning kreativlik sifatlariga ega bo‘lish uning shaxsiy
qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini, kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo‘naltiradi. Oliy
ta’lim tizimida o‘qish faoliyatida bo‘lgan yoshlar kreativlik sifatlariga ega bo‘lishlari uchun ularda o‘quv va
tarbiya jarayonlarida an’anaviy yondashishdan farqli yangi g‘oyalar haqida fikr yuritishi, o‘ziga xoslik,
tashabbuskorlik talab etiladi [8].
Ijtimoiy taraqqiyot jarayoni har bir davr uchun o‘ziga xos va o‘ziga mos zamonaviy tafakkurga ega
bo‘lgan insonlarni tarbiyalab, yangicha dunyoqarash asosida jamiyat rivojiga turtki beruvchi yoshlarni
voyaga yetkazib beradi. Bu jarayonda xalqning istiqbolini yuqori cho‘qqiga olib chiquvchi falsafiy
dunyoqarash tizimida estetik dunyoqarashning roli kuchli bo‘lib, millat taqdiri, Vatan ravnaqi, yurt
farovonligi yo‘lida o‘zgacha qiyofa kasb etuvchi davlatlar shakllanib boradi. Ularning harakatlantiruvchi
kuchi sifatida shaxs va davlat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimi asosiy rol o‘ynashi lozim.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan,
yuksak
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada
bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor
kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”[1].
Insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondashuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega
bo‘lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo‘lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi.
O‘z navbatida dunyoqarashning rivojlanishi yoshlarning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora
barqarorlashuvini ta’minlaydi. O‘z mazmunida ezgu g‘oyalarni ifoda etgan yangicha dunyoqarash yoshlar
qiyofasida namoyon bo‘layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi.
Yoshlarimiz ongida yuksak ma’naviy komillik, yurt ozodligi, obodligi va xalqimizning farovonlik
yo‘lida fidokorona mehnat qilish, o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchan bo‘lish, o‘zida irodaviy
sifatlarni tarbiyalay olish, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijodkorlik hamda mustaqil fikrlash
layoqatiga ega bo‘lish kabi xislatlarni uyg‘otish hozirgi paytda muhim vazifalardan biri bo‘lmoqda.
Yoshlarimiz tevarak atrofdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida qancha ma’lumotlarga, bilimga ega bo‘lsa,
ularning dunyoqarashi ham shu darajada mukammal va puxta bo‘ladi. Dunyoqarashning
yana bir muhim
tomoni shundan iboratki, u yoshlarni qurshab turgan voqelikni anglash, tushunish bilan bir qatorda uni
baholashi hamdir[7].
Dunyoqarash jamiyatning o‘zgarishi bilan bir qatorda u ham doimo rivojlanib, mazmunan o‘zgarib
turadi. Umuminsoniy va milliy qadriyatlarimizga asoslangan, hozirgi davr talabiga javob beradigan yangi
tizim yaratilmoqda va uning asosida yoshlarda yangicha tafakkur, dunyoqarash shakllanib rivojlanmoqda.
Dunyoqarash yoshlarning amaliy faoliyat yo‘nalishini belgilab beradigan qudratli ma’naviy kuchdir, shuning
uchun ham hozirgi vaqtda jamiyat a’zolari, birinchi navbatda yoshlar qalbini egallash, uning dunyoqarashiga
muayyan maqsadlarni ko‘zlab ta’sir etish avj olib bormoqda[4]. Shunday ekan, biz farzandlarimizning
barkamol ruhiy dunyosini, yangicha dunyoqarashi, ma’naviy kamoloti uchun doimo qayg‘urishimiz,
kurashmog‘imiz zarur. Yoshlarning
aqliy va ruhiy boyligi, yuksak intilish va faolligi ko‘p jihatdan
ma’naviy, jumladan, kreativ g‘oyalar va badiiy omillarga bog‘liqdir. Ularda ushbu omillarga asoslangan
dunyoqarashni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, yoshlarda kreativ g‘oyalar va yangicha dunyoqarashni shakllantirish
masalasi jamiyat va oliy ta’lim muassasalarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi va quyidagilar tavsiya
etiladi:
- globallashuv jarayonida yoshlarda aqliy mehnat, yuksak innovatsion tafakkur, dunyoqarashni
rivojlantirish;
“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
142
- yoshlarda kreativlik va yangicha dunyoqarashni bugungi ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyot talablari
asosida rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini yaratish;
- ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar asosida yoshlarda aql-zakovat, ilmu-hikmat, o‘z
kasbiga qiziqishni
ifodalovchi dunyoqarash tushunchalarini ifodalanishiga e’tibor qaratish;
- yoshlarimizda kreativlik, yuksak ma’naviy sifatlar va yangicha dunyoqarashini takomillashtirib, bu
noyoblikni yanada boyitishlari, rivojlantirishlari va dunyoga ko‘rsata olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
- yoshlarning yuksak ijodiy qobiliyatlari va ularning muayyan faoliyat turidagi ahamiyati ta’lim
muassasasidagi yuqori iqtisodiy faollik bilan hamkorlikda tashkil etish;
- yoshlarning yangicha dunyoqarash va kreativ qobiliyatlarini namoyish etishi uning faoliyat
sohasidagi ish o‘rinlari bo‘yicha eng jozibador bo‘lgan ishlarga keng yo‘l ochishga yordam beradi.