Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Xulosa. Yuqorida keltirilgan misollardan korinadiki, yoshlarning kreativ qiziqishlari va ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qiladigan g‘oyalar, kontseptsiyalar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar asosida o‘qitish 
jarayonini tashkil etish kreativlikni rivojlantirishga nisbatan mazmunli- faoliyatli yondoshuvni 
shakllantirishga xizmat qiladi. Kreativlik va yangicha dunyoqarash deganda talabalar boshqalarga taqlid 
qilmasdan, o‘zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga ijodiy yondashadilar degan fikr yetakchilik 
qiladi. Kreativlik xususida gap borar ekan, shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-
tuyg‘ularida, xatti-harakatida muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda 
yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi hamda iqtidorlikning muhim omili sifatida aks etadi. Chunki 
har bir inson ham o‘z dunyoqarashi va bilimiga asoslangan holatda faol bo‘lishga intiladi, qolaversa, 
kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, talabalarning diqqat-e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni 
ta’minlaydi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tabiat tomonidan u yoki bu darajada berilgan 
ijodiy faoliyat qobiliyatiga qaramasdan, faqat maqsadli tayyorgarlik shaxsning ijodiy fazilatlarini yuqori 
darajada rivojlantirishni ta'minlaydi. Shaxsning kreativligini rivojlantirish jamiyat farovonligining eng 
muhim manbalari va ko‘rsatkichlaridan biridir. Bo‘lajak mutaxassisning kreativligini shakllantirish oliy 
ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga zamonaviy yondashuvda asosiy talablardan biri bo‘lib, bu birinchi 
navbatda jamiyat talablari bilan bog‘liqdir. Bunday shaxsni shakllantirishda uning ijodiy salohiyatini yuzaga 
chiqarishga, faol hayotiy pozitsiyaga munosabatni rivojlantirishga, yoshlarning turli xil amaliy faoliyat 
turlarini o‘zlashtirish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan shart-sharoitlarni yaratish ustuvor 
vazifalardan biridir.

Download 4,29 Mb.
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jurnal 001-yilda tashkil etilgan. Jurnal yilda 12 marta chiqadi

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish