“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
145
11 Integrallanuvchi funksiyalar
11
Birinchi
tartibli
hosilasigacha
uszluksiz
funksiyalar fazosi
12
Chegaralangan ketma-ketliklar fazosi
13
Limiti a ga teng ketma-ketliklar fazosi
14
Limiti nolga teng ketma-ketliklar fazosi
15
K-darajasigacha
jamlanuvchi
ketma-ketliklar
fazosi
16
Banax teoremasi
17
Kuchli yaqinlashish
18
Norma bo`yicha yaqinlashish
19
Chegaralangan fazo
… …
%
11 %
100 %
Ma’ruza mashg‘uloti to‘liq tushuntirib bo‘linganidan keyin talabalar jadvalning “Bilib oldim ” deb
nomlangan ustuniga yuqorida farqli rangda yozilgan tushunchalarni yozishlari mumkin.
Ma’ruza mashg‘ulotida talabalarga berilgan bilim va ko‘nikmaning samarali bo‘lishida va keyinchalik
talaba o‘rganganlaridan bevosita foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishida darsning mustahkamlash qismi
ham muhim rol o‘ynaydi. O‘rganilgan yangi ma’lumotlar shu kungacha o’rganilgan bilimlarga bog‘lab eslab
qolishga harakat qilinsa yaxshi natija beradi. Ushbu maqolada har bir ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarning
mustahkamlash qismida samarali foydalanish mumkin bo‘lgan “Express-testlar” metodini ishlash
mexanizmini keltiramiz.
Express-testlar ma’lum tushunchalar ketma-ketligidan so‘ng (1-2 mavzu) shu mavzularda
o‘quvchilarning o‘rgangan bilimlarini nazorat qilish va uni mustahkamlash uchun o‘tkazish maqsadga
muvofiq. Exspress-testlar adatda shu mavzularga oid 3-4 ta kichik va yengil mashg‘ulot topshiriqlardan yoki
testlardan iborat bo‘ladi. Exspress-testlarni dars davomida , qisqa vaqt vaqt oraliqlarida (5-10 min) o‘tkazish
mumkin. Topshiriqlar ko‘p variantli tizimda kartochkalarda tarqatiladi. Bu testni o‘tkazishdan asosiy maqsad
talabalarning ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotda berilgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirganliklari tezkor
ravishda aniqlab olishdan iborat.
Talabalarning o‘zlashtirganlik darajalarini nazorat qilish va baholash topshiriqlarining namunalari turli
xil manbalardan yig‘ilgan bo‘lib, ular haqida ma’lumotga ega bo‘lish va amaliyotda qo‘llash o‘qituvchilar
uchun foydadan xoli bo‘lmaydi.
Topshiriqlar quyidagi bandlardan iborat bo‘lishi mumkin:
1. Bo‘sh qoldirilgan joylarni zarur so‘zlar bilan to‘ldiring
2. Jumlaning ma’nosidan kelib chiqib, qavslar ichida keltirilgan so‘zlardan mosini tanlang va tagiga
chizing
3. To‘g‘ri javobni toping
4. Ikki tasdiqdan to‘g‘risini ajrating
5. Ta’rifdagi (jumladagi) xatoni toping
6. Quyida keltirilgan so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqib, mantiqiy juftliklarni tuzing
7. Matematik tushuncha va atamalar talqiniga ko‘ra jumlani davom ettiring
8. Quyida keltirilgan formulalar qaysi matematik tushuncha xossalariga tegishli ekanligiga qarab,
jufti-jufti bilan mos guruhlarga ajrating
9. A ustunda berilgan atamaga B ustundagi tegishli talqinni mos qo‘ying
10. Andazaga ko‘ra masala tuzing va uni yeching
11. Sonli yozma ish (diktant)
O‘qituvchi o‘quv taxtasiga bir nechta atamaning nomlarini yozib nomerlab chiqadi. So‘ng esa, bu
atamalarning (tushunchalarning) nomini aytmasdan ta’rifini ixtiyoriy tartibda o‘qiydi. O‘quvchilar esa bu
atama (tushuncha) qaysi raqam ostida yozilganligini topishlari so‘raladi. Natijada 5, 6, 10, 1, 7, 2, 3, 12, 4, 9,
8 ko‘rinishdagi sonli satrdan iborat javob hosil bo‘ladi. .
12. Biror mavzuga oid masala yoki savol tuzish
Masalan, Funksional analiz fanidan o`tilgan “Yevklid fazosi. Ortogonallashtirish jarayoni. Gilbert
fazosi” mavzusini mustahkamlash qismida “Express-testlar” metodi uchun quyidagi topshiriqlarni olishimiz
mumkin.