Olingan natijalar va ularning tahlili




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Olingan natijalar va ularning tahlili. Yuqorida biz talabalarning darsga qatnashishlarini baholovchi 
samarali usulni keltirdik. Endi ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotning qanchalik maqsadli, samarali va 
ko‘zlangan maqsadga qanchalik erishganlik darajasini baholovchi, “Shkalalashtirish” nomli metoddan 
foydalanish usulini keltiramiz. Dastlab dars mavzusi doskaga yoziladi. Dars boshlanishidan avval guruhning 
ixtiyoriy ravishda 40 % talabalariga o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan, bir xil uzunlikdagi, ikki 
tomoniga bir xil miqdorda shkalalar joylashtirib chiqilgan qog`ozlar tarqatiladi. Qog`ozga shkalalashtirilgan 
vertikal chiziqning o‘ng tomoniga “Darsgacha”, chap tomoniga esa “Darsdan so‘ng” degan yozuvlar bo‘ladi. 
Qog‘ozlar tarqatilgan talabalar qolgan 60 % talabalar bilan professor-o‘qituvchi o‘tilgan mavzuni 
mustahkamlaguncha, vertikal chiziqning o‘ng tomonining har bir shkalasiga yangi mavzu yuzasidan shu 
kungacha o‘zi bilgan ma’lumotlardan kelib chiqib kalit so‘zlarni yozib chiqishadi va o‘zlari bilgan 
ma’lumotlarini foizini aniqlab, o‘ng tomon burchakka yozib, qog‘ozni chetga olib qo‘yishadi. Professor 
o‘qituvchi mavzuni to‘liq tushuntirib, mavzuga oid masalalarni yechish va tahlil qilish usullarini mukammal 
ravishda talabalarga tushuntiradi. Darsning oxiriga yaqin yangi mavzuni mustahkamlash qismida qolgan 
talabalar bilan o`tilgan mavzumni savol-javob qilib bo‘linguncha yuqoridagi 40 % talabalar tarqatilgan 
qog‘ozdagi shkalalarning har biriga bugungi darsda o‘rganilgan tushunchalar kalit so‘zlar sifatida yoziladi va 
foizi hisoblanadi. Hosil qilingan foiz ko‘rsatkichlari orqali bugungi dars mashg‘uloti qay darajada maqsadli 
bo‘lganligi aniqlanadi. Masalan ushbu metodning Oliy o‘quv yurtining matematika mutaxasisligi talabalariga 
o‘tiladigan funksional analiz faniga tadbig‘ini qaraylik. Faraz qilaylik, talabalarga yangi bobning birinchi 
mavzusi bo‘lgan “Chiziqli fazolar va ularga misollar” mavzusi o‘tilayotgan bo‘lsin. Professor o‘qituvchi 
tomonidan bugungi darsga mo‘ljallab tayyorlangan slaydda dars davomida o‘rganiladigan formulalar va 
tushunchalar yozilgan qismi bo‘lib, ekranda namoyish qilinadi. Talabalar shu tushunchalardan kelib chiqqan 
holda, ekrandagi kalit so‘zlar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan, shu kungacha o‘zlari o‘rganganlarini tarqatilgan 
qog‘ozlarga quyidagicha yozib oladilar. Bu mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarni ular algebra va 
sonlar nazariyasi, matematik analiz kabi asosiy fanlar orqali o‘rganishgan. Masalan, ular qog‘ozning 
“Bilaman” degan qismiga quyidagi tushunchalarni yozishlari mumkin.

Download 4,29 Mb.
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish