Tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlar




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/266
Sana23.01.2024
Hajmi4,29 Mb.
#143747
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   266
Bog'liq
11-son PM Ped Psixolo

Tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlar. Aniq fanlar yo‘nalishidagi deyarli barcha asosiy fanlar 
amaliy mashg‘ulotlarida talabalar turli masalalarni yechish, teoremalarni isbotlash va tahlil qilish 


“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
144 
topshiriqlarini bajaradilar. Talabalarni baholashning samarali usullaridan biri bo‘lgan ushbu baholash 
quyidagicha amalga oshiriladi. Amaliy mashg‘ulot darsida mavzuga oid asosiy masalani fan o‘qituvchisi 
tahlil qilish va yechish usulini talabalarga dastlab tushuntiradi. Keyin doskaga namunada ko‘rsatilgan 
misoldan kelib chiqib hal qilinadigan topshiriqlardan bir nechtasi yoziladi. Doskadagi topshiriqlarga 
o‘qituvchi tomonidan istalgan talaba ixtiyoriy ravishda ( bunda doskaga chiqishning biror qoidasi yo‘q) 
chiqariladi.Doskada keltirilgan misollarning barchasi to‘liq doskada ishlab bo‘lingunga qadar bu masalalarni 
barchasini daftariga ishlab bo`lgan talabalar ishlari tekshirilib baholanadi. Semestr davomida barcha talabalar 
bir xil miqdorda doskaga chiqib, masalani yechishiga qarab mos ravishda “5”, “4”, “3” ballar bilan 
baholanishadi. Oxirgi doskaga chiqish jarayoniga ulgurmagan talabalar oldingi doskaga chiqqanlarida olgan 
baholari bilan baholanishadi. Shunday qilib barcha talabalar doskaga chiqqanlari uchun baholanishadi. 
Doskaga yozilgan misollarni doskadan oldin yechgan talabalar ishlari tekshirilib, ularga har safar “3” balldan 
berib boriladi, Har bir talabaning semester davomida to`plagan ballari yozib borilib, oxirida ular jamlanadi. 
Ballar ichida eng yuqori ball to‘plagan beshta talaba ushbu fandan bo‘ladigan oraliq nazoratidan “5” baho 
bilan ozod qilinadi. Yuqori ball to‘plagan beshta talabalarning to`plagan ballarini o‘rtachasi ushbu guruh 
talabalari uchun eng yaxshi ko‘satkich deb olinib, o‘rtacha ballning 72 % idan 90 % igacha ball yig‘gan 
talabalar oraliqdan “4” baho bilan, 60 % idan 72 % igacha ball yig‘ganlar eas “3” baho bilan ozod qilinadi. 
60 % ini yig‘a olmagan talabalar oraliq nazorat topshirishadi. Agar “4” baho olgan talaba bahosidan 
qoniqmasdan oraliq nazoratida qatnashishni xohlasa, unga albatta nazoratga qatnashishiga ruxsat beriladi. 
Ushbu usulning samaraligi shundaki, barcha talabalar dars davomida ball yig`‘ish uchun darsga qatnashishga 
harakat qilishadi va natijada dars mazmunli va natijali o‘tadi. 

Download 4,29 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   266




Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlar

Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish