“PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11
160
hayotiga mustahkam kirib kelgan, aniq muammolarni hal qilish uchun ham konseptual, ham amaliy
faoliyatga nisbatan qo‘llanilsa-da, bu tushunchani belgilashda mutaxassislarning
fikrlari birligiga
erishilmagan.
Sohadagi o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim tizimidagi ba’zi tub burilishlar, qadriyatlarni qayta
yo‘naltirish, bu jarayonda o‘qituvchilarning rolini jamoatchilik tomonidan tushunish va boshqalar,
o‘qituvchilarning malakasiga, ularning malaka darajasiga va turli toifadagi o‘quvchilarga ta’lim bera
olishiga, zamonaviy ta’lim uchun tayyorligiga qo‘yiladigan yangi talablarni belgilaydi.
Shuning uchun
o‘qituvchilarning nafaqat kasbiy takomillashuvga, balki deviant xulqli o‘quvchilar bilan ishlashga
yo‘naltirilganligi va maktab o‘qituvchilari malakasini oshirishning o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar
kiritishni nazarda tutuvchi uzluksiz kasbiy rivojlanishning tarbiyaviy faollashtirilganlik muammolari
o‘zining yaxlit ilmiy yechimiga ega bo‘lishi zarur.
Pedagogika sohasida uzluksiz kasbiy rivojlanishni tashkil etish va olib borish borasida bir qancha
tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarni deviant xulqli o‘quvchilar
bilan ishlashga yo‘naltirish muammosi yetarlicha o‘rganilmagan. Ilmiy tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki:
- o‘qituvchining innovatsion faoliyatini belgilovchi mezonlar ishlab chiqilgan va bu faoliyatni
shakllantirish
texnologiyasi, malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga
tayyorlashning amaliy ahamiyati yoritilgan [11];
- xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish sohadagi barcha tur, resurs, shakl va tajribalarni
integratsiyalash va ko‘p vektorli modelning tarkibiy komponentlari mazmunini belgilash hamda
pedagogning kasbiy rivojlanishida ilmiy-metodik kuzatuvni amaliyotga joriy qilishning zaruriy omillariga
ustuvorlik berish asosida kengaytirilgan [10];
- o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish
mexanizmining komponentlari
(motivatsion, kognitiv, protsessual, kreativ) va amalga oshirish bosqichlari (mustaqil malaka oshirish, o‘quv
kurslari, mahorat darslari) texnologik taraqqiyot hamda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha yangiliklarni
o‘zlashtirish dinamikasini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan [9];
- pedagogik kadrlar kompetentligini rivojlantirishning strategik tuzilmasi kompetensiyaviy
mezonlar(ijtimoiy, kasbiy, refleksiv, akmeologik)ni malaka oshirish jarayonida innovatsion faollikni
rivojlantirish usullari (refleksiya sinergiyasi, zaruriy motivlar) bilan
integratsiyalash asosida
takomillashtirilgan [12];
- o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirishning boshqaruv tizimi komponentlari
(motivatsion-qadriyatli, kasbiy-faoliyatli, refleksiv-kommunikativ) onlayn tarmoq hamkorligi asosida
mazmunan takomillashtirilgan [14];
- malaka oshirish jarayonida ta’lim sifati hamda boshqaruviga alohida e’tibor qaratilgan [8];
- boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimining o‘quv-metodik ta’minoti va
ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish tizimi takomillashtirilgan [13];
- malaka oshirish jarayonlarining uzluksizligi va uzviyligidan ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining
kasbiy tayyorgarligini rivojlantiruvchi, harakatchanligini ta’minlovchi pedagogik tizim sifatida foydalanish
bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan [15].