• Imkoniyatning yo‘qligi Boshqaruv imkoniyatning mavjudligi Imkoniyatni ta’minlay olmaydiganlar
  • Mazmunni qayta o‘zgartirish + Mazmunni shakllantirish
  • -jadval.  Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet171/266
    Sana23.01.2024
    Hajmi4,29 Mb.
    #143747
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   266
    Bog'liq
    11-son PM Ped Psixolo

    1-jadval. 
    Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha 
    mazmunda o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini ta’minlash asosida klassifikatsiyalash 
    Mazmunda 
    o‘zgartirish kiritish 
    imkoniyatlari 
    Imkoniyatning 
    yo‘qligi 
    Boshqaruv imkoniyatning mavjudligi 
    Imkoniyatni ta’minlay 
    olmaydiganlar 
    Interfeys vositasida 
    imkoniyatni yaratish 
    Chetki dasturiy 
    vostalar bilan 
    imkoniyatni yaratish 
    Mazmunni qayta 
    o‘zgartirish 
     

     
    Mazmunni 
    shakllantirish 
     

     
    Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini modellashtirishning yetakchi nazariy tamoyillari sifatida quyidagilar 
    tanlangan: turli shakllardagi kasbiy (yo‘nalish bo‘yicha) ta’lim darajalarining integratsiyasini (vorisiyligini) 
    ta’minlaydigan integrativlik tamoyili; turli yo‘nalishdagi dasturlar bo‘yicha kasbiy ta’lim asosida amalga 
    oshiriladigan to‘ldirish tamoyili; talabalar talab qilib oladigan yangi kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish 
    imkoniyatini ta’minlaydigan mohirona harakat qilish tamoyili; uzluksiz kasbiy ta’lim yaxlit makonini 


    “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
    156 
    yaratish imkonini beradigan ta’lim dasturlarining vorisiylik tamoyili. 
    Integrativlik mutaxassisni tayyorlashning tuzilishi, mazmuni va natijasiining tavsifi sifatida tadqiq 
    qilingan, bu nazariy va amaliy tayyorlashning birligi, ta’limning amalga oshirilayotgan darajalarining 
    mazmuni, shaxsiy va kasbiy ahamiyatga ega kompetensiyalar majmuini shakllantirish, foydalanilayotgan 
    texnologiyalarning integrativ harakterini ta’minlaydigan ta’lim makoni quyi tuzilishlarining bog‘langan 
    holatini belgilaydi[4;48-b.]. 
    Bunday yondashuv «integratsiya» tushunchasini tadqiq qilinayotgan mavzu kontekstida quyidagicha 
    aniqlash imkonini bergan. Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayoni doirasida integratsiya – bu dialektik jihatdan 
    o‘zaro bog‘liq va tabaqalashtirilgan jarayon hamda talabani nazariy va amaliy tayyorlash, uning shaxsiy va 
    kasbiy jihatdan shakllanishining tashkiliy tuzilishi, mazmuni, texnologiyalarining umumlashishi darajasi
    kompleksligi, yaxlitligi va o‘zaro bir-birini shartlab berishining ortishi bilan birga yaratilayotgan makon 
    ishtirokchilarining umumiy pedagogik va metodologik asosda o‘zaro boyishining natijasidir. Ushbu ta’rif 
    o‘tkazilgan tadqiqot asosida berilgan va ko‘rib chiqilayotgan tushunchaning ma’nosini modellashtirilayotgan 
    uzluksiz kasbiy ta’lim jarayon doirasidan tashqarida to‘liq ochib berishga da’vo qilmaydi. 
    Tanlab olingan tushunchalarga tayanish hozirgi davr sharoitida integratsiya ta’limning barcha 
    darajalarining o‘zaro bir-biriga o‘tishi va o‘zaro bir-birini boyitishini ifodalab, ta’limning xarakteri va 
    mazmunining o‘zgarishi, ixtisosliklarning kengayishi va kattalashishi, yangi integratsiyalashgan ixtisosliklar 
    va ularning yiriklashtirilgan guruhlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. 
    Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini modellashtirishning yetakchi nazariy tamoyillaridan biri 
    insonparvarlashtirish (gumanizatsiya) tamoyili bo‘lib, u quyidagilarga asoslangan innovatsion makonni 
    yaratish yo‘li bilan shaxsni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilganligini aks ettiradi: 
    - yuqori malakali professionalning har tomonlama rivojlangan shaxsini tayyorlashga qaratilgan 
    innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali mazmunni boyitishga; 
    - birgaliklikdagi faoliyatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, pedagogik hamkorlik tamoyili va 
    insonparvar munosabatlarni shakllantirishga asoslangan ta’limning natijalaridan talabalarning qoniqishini 
    oshirishga; 
    - kasbiy, malakaviy va xizmat darajasining (karyeraning) o‘sish kafolatlarini ta’minlashga; 
    - kasbiy ta’limning gumanitarlashishini kengaytirishga. 
    Insonparvarlashtirish tamoyili kasbiy ta’lim mazmunini gumanitar o‘quv fanlar va yo‘nalishlarining 
    muayyan majmuasi bilan to‘yintirish va shaxs ijtimoiy muhofazasini ta’minlaydigan shart-sharoitlarni 
    yaratishni ko‘zda tutadi. 
    Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonining ochiqligi tamoyili talabalarga quyidagilarni taqdim qiladi: kasbiy 
    ta’limning har qanday bosqichida qo‘shimcha dasturlarni o‘zlashtirish huquqi; individual ta’lim 
    trayektoriyalarini qurishga rivojlangan subyektiv tayyorlik; kasbiy jihatdan doimiy takomillashishga intilish. 
    Kasbiy ta’limning meyoriy tavsifi sifatidagi uning standartlashtirilganligi tegishli davlat, idoraviy 
    meyoriy hujjatlarda aks ettirilgan kasbiy tayyorlashning darajasi, mazmuni va sifatiga qo‘yilgan talablar va 
    meyorlarni majburiy bajarilishi shart bo‘lgan. Ta’lim mazmunining integrativligi va kompetentlik darajasiga 
    talablar uzluksiz kasbiy ta’limning modellashtirilayotgan makonining tizim tashkil qiluvchi omili 
    hisoblangan[5;212-b.]. 

    Download 4,29 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   266




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval.  Uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonini boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha

    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish