• Tadqiqot metodologiyasi.
  • Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet169/266
    Sana23.01.2024
    Hajmi4,29 Mb.
    #143747
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   266
    Bog'liq
    11-son PM Ped Psixolo

    Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Uzluksiz ta’lim ijtimoiy-pedagogik tabiatini tadqiq qilishga 
    ko‘rsatilgan tendensiyalar hamda madaniyatshunoslikka asoslangan yondashuvning rivojlanishini hisobga 


    “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 11 
    154 
    olgan holda, tadqiqotning falsafiy asoslari sifatida quyidagilar tanlangan: ziddiyatlarni hal qilishning asosiy 
    manbasi hisoblangan rivojlanish to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot hamda faoliyat falsafiy nazariyasi (G. Gegel, 
    I. Kant, I. Fixte, M.S. Kagan va b.); 
    butunlik (yaxlitlik) va uzluksizlik tamoyillariga asoslangan pedagogik jarayonga quyidagi ilmiy-
    pedagogik yondashuvlar: tizimli (V.G. Afanasyev, F.F. Korolev, N.V. Kuzmina, G.P. Shedrovitskiy, V.S. 
    Ilin), shaxsga yo‘naltirilgan (Sh.A. Amonashvili, V.A. Suxomlinskiy, YE.V. Bondarevskaya, V.V. Serikov 
    va b.), faoliyatli (A.N. Leontyev, L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn) kabilar katta hissa qo‘shganlar. 
    Tadqiqot metodologiyasi. Uzluksiz kasbiy ta’limni rivojlantirishning muhim maqsadlaridan biri 
    insonparvarlikka oid qadriyatlarni mustahkamlash va shaxsning o‘zini o‘zi ochish, ro‘yobga chiqarish 
    mexanizmalarini yanada rivojlantirishdan iborat. Uzluksiz kasbiy ta’limnining yetakchi tendensiyasi va 
    tavsifi sifatida ta’limni bilimlarni iste’mol qiladigan va uni qayta ishlab chiqaradigan ijtimoiy institutdan 
    bilimlarni ishlab chiqarish va bilimlarni kengaytirilgan qayta ishlab chiqarilishi institutiga aylantirish 
    belgilangan. Bugungi kunda uzluksiz kasbiy ta’lim «yangi bilim, voqelik obrazini shakllantirish, olam 
    haqidagi axborot oqimini tarkiblashtirishni» ta’minlaydi. Y.P.Ilin ta’kidlashicha, bilimlar «iqtisodiy 
    kategoriya bo‘lib, bilimning tovarga, bilim tashuvchisining esa ularning egasiga aylantirish, buning oqibatida 
    ta’lim oluvchilarning egallaydigan bilimning o‘ziga xosligi bilan belgilanadigan noyob ta’lim olish istagi 
    xarakteriga ega bo‘lmoqda» [2;118-b.]. 

    Download 4,29 Mb.
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   266




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish